Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

KiYev Qrim suvlari uchun Moskva bilan sudlashadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 71           Дата: 22-08-2016, 18:05          
KiYev Qrim suvlari uchun Moskva bilan sudlashadi

Rasmiy KiYev Rossiyaning dengiz huquqi Konventsiyasi doirasidagi majburiyatlarini buzayotgani tufayli hakamlik sudiga murojaat qilmoqchi. Bu haqda, Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin ma`lum qilgan.

Avval, uning aytishicha, Ukraina Rossiya tomoni bilan sudgacha maslahatlashuv jarayonini o'tkazib bo'lgan. Rossiya tashqi ishlar vazirligi ma`lum qilganidek, Moskva KiYev bilan BMT dengiz huquqi konventsiyasini muhokama etishga tayyor. 11-avgust kuni Minskda bo'lib o'tgan uchrashuvda ushbu masalasi yuzasidan fikr almashilgan.

"Biz Ukraina vakillarining uzun da`volarini eshitdik hamda ularni ko'rib chiqishga tayyorligimizni bildirdik", — degan Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaharova.

KiYev, rasmiy Moskvani uning Qora dengizdagi huquqlarini poymol qilayotganlikda ayblab kelmoqda. Hususan, iyul' oyida Ukraina chegarasini qo'riqlash hizmati, mamlakatning dengiz iqtisodiy hududida Rossiya bayrog'i ostida suzib yurgan burg'ilash platformalari va ta`minlash kemalarini aniqlagan. Rasmiy KiYevning fikricha, bularning bari Rossiyaning Ukraina dengiz hududida gaz konlarini aniqlash bo'yicha noqonuniy faoliyat ko'rsatayotganini anglatadi.

Bundan tashqari, yanvar' oyida Ukrainaning "Ukrnafta" va boshqa qator kompaniyalari Qrimdagi mulklarini muhofaza qilish bo'yicha da`vo arizalari kiritgan edi. May oyida Haagadagi doimiy hakamlik sudi "Ukrnafta" va Stabil kompaniyalarining murojaatlarini ko'rib chiqish uchun qabul qilgandi. O'shanda, Rossiya tomoni Haaga hakamlik sudining chiqargan qarorini tan olmasligini bildirgandi.

Aytish joizki, KiYev ma`muriyati Qrimdagi mol-mulkini yo'qotgani tufayli ko'pmillionlik da`volarni bir necha marta ilgari surgan.

Jumladan, iyul' oyi ohirida Ukraina Bosh prokuratura tarkibiga kiruvchi Qrim muhtor respublikasi prokuraturasi deb nomlanuvchi idora bergan bayonotga muvofiq, Ukraina davlat muassasalari Qrimda 150 million griven (tahminan 400 million rubl') miqdoridagi mol-mulkdan ayrilgan.

Mart oyida esa, Ukraina harbiy prokurori Qrimning Rossiyaga qo'shilishidan ko'rilgan zararni trillion griven (2,6 trillion rublga yaqin) deb baholagandi. 2015-yil sentyabr oyida Pavel Klimkin Ukraina Qrim va Donbass uchun Rossiyadan talab qilmoqchi bo'lgan tovon puli 50 milliard dollardan ortiq ekanini bildirgandi. Uning so'zlariga ko'ra, bu mablag' ichiga "Ukraina foydalana olmayotgan tabiiy zahiralar va hatto qum ham kiradi".

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн