Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Turkiya terrorizm bilan kurashishda ShHT bilan aloqani kuchaytirmoqchi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 70           Дата: 22-08-2016, 17:47          
Turkiya terrorizm bilan kurashishda ShHT bilan aloqani kuchaytirmoqchi

Turkiya iyul' oyida mamlakatda ro'y bergan harbiy to'ntaruv harakatidan keyin Shanhay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) bilan aloqani mustahkamlash niyatida. Bu haqida ShHT matbuot hizmatidan habar qilishdi.

Ma`lumki, 16 iyulga o'tar kechasi Turkiyada bir guruh isyonchilar harbiy to'ntaruv harakatini amalga oshirmoqchi bo'lishdi. Asosiy voqealar Anqara va Istanbulda bo'lib o'tdi. So'nggi ma`lumotlarga ko'ra, buning natijasida 246 nafar turk fuqarosi (isyonchilarni hisobga olmaganda) halok bo'lgan, 2 mingdan ortiq kishi turli jarohatlar olgan. Isyon o'z vaqtida to'htatilgan. Turkiya hukumati bu voqeada Fathulloh Gulenni aybdor, deb topishdi va AQShdan uni ekstraditsiya qilishni talab qilishdi. Gulenning o'zi esa isyonni qoraladi va unga aloqasi yo'qligini ma`lum qildi.

"Turkiyadagi harbiy to'ntaruv harakati bilan bog'liq 15-16 iyul' voqealari turk tomonning tashabbusi ostida Mintaqaviy aksilterror tuzilma (MAAT) ijroiya qo'mitasi direktor o'rinbosari Chjou Tsin va Turkiyaning O'zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbar o'rinbosari Erjan O'zten o'rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi", - deya ma`lum qildi MATT vakili. Jumladan, turk diplomati harbiy to'ntaruv harakatidan keyingi holat va yangi sharoitlarda turk rahbariyatining faoliyati qanday kechayotganligi haqida ma`lumot bergan.

O'ztenning so'zlariga ko'ra, "vaziyat tashqaridan davlat to'ntaruv harakati sifatida ko'rinsa-da, Turkiya hukumati uni rasman terrorchilik harakati sifatida ko'rib chiqmoqda, zero hujum uyushtirganlarning asosiy maqsadlari tinch aholi, prezident saroyi, parlament binosi, turli davlat muassasalari, telekompaniyalar va boshqa strategik ob`Yektlar bo'lgan".

"Turk diplomati terrorchilikka qarshi kurashda barcha mamlakatlar va halqaro mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan ShHT MATT bilan hamkorlikni kuchaytirish tarafdori bo'lgan Anqaraning pozitsiyasini tasdiqladi. "

ShHT tarkibiga O'zbekiston, Rossiya, Hitoy, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston mamlakatlari kiradi. Belorussiya, Mo'g'uliston, Hindiston, Pokiston va Afg'oniston kuzatuvchi maqomiga ega. MATT shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн