Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

FAZ gazetasi: Germaniya fuqarolari urush holatiga oziq-ovqat g'amlashlari kerak bo'ladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 93           Дата: 21-08-2016, 19:38          
FAZ gazetasi: Germaniya fuqarolari urush holatiga oziq-ovqat g'amlashlari kerak bo'ladi

Germaniya fuqarolari jiddiy tabiiy ofatlar yoki urushlar yuz beradigan bo'lsa, birinchi 10 kun o'zlarini barcha zaruriy narsalar bilan ta`minlashlari kerak bo'ladi. Bu Frankfurter Allgemeine (FAZ) gazetasi ihtiyoriga tushgan Germaniya fuqarolik mudofaasining yangi kontseptsiyasida ko'zda tutilgan. Federal hukumat bu kontseptsiyani 24 avgustda muhokama qilmoqchi.

"Aholiga o'zlarining 10 kunlik oziq-ovqat zahiralarini saqlash buyuriladi", deyilmoqda kontseptsiyada.

Bundan tashqari, aholi o'zini bir odamga bir kunga 2 litr hisobidan 5 kunlik ichimlik suvi bilan ta`minlash bo'yicha choralar ko'rishi kerak bo'ladi.

Umuman olganda, yangi kontseptsiyaga ko'ra, aholi davlat muammolarning Yechimini o'z zimmasiga olguncha o'zini oziq-ovqat, suv, energiya va naqd pul bilan ta`minlashga qodir bo'lishi lozim.

Shuningdek, ishonchli signalizatsiya tizimi mavjudligi, binolarning mustahkamlanishi va sog'liqni saqlash tizimining normal ishlashini ta`minlashning muhimligi ta`kidlab o'tilgan.

FAZ ma`lumotlariga ko'ra, Germaniyada bunga o'hshash kontseptsiya sovuq urush tugagan 1989 yildan beri birinchi marta kiritilmoqda. U bundestagning byudjYet masalalari bo'yicha qo'mitasi buyurtmasi bo'yicha mamlakatning milliy havfsizlik yo'riqnomasini aks ettiruvchi "Oq kitob" bilan bir vaqtda ishlab chiqildi.

69 sahifalik hujjatda Germaniyaga mamlakatni himoya qilishning an`anaviy vositalarini qo'llashni talab qiluvchi hujum amalga oshirilishining imkoniyati pastligi ta`kidlab o'tilgan. Biroq havfsizlik choralari kelajakda to'liq istisno qilib bo'lmaydigan bunday havfli stsenariylarning hisobga olinishini talab qiladi.

Hujjat mualliflarining fikricha, bu sohadagi amaldagi mehanizmlar qoniqarli hisoblanmaydi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031