Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hindiston prezidenti Kashmir muholifati bilan uchrashdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 313           Дата: 20-08-2016, 20:15          
Hindiston prezidenti Kashmir muholifati bilan uchrashdi

Hindiston prezidenti Pranab Kumar Mukerji bir yarim oydan beri tartibsizliklar davom etayotgan Jammu va Kashmir shtati parlamenti muholifati delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda prezidentning o'zi tvitterda ma`lum qildi.

Muholifat delegatsiyasi rahbari, shtatning sobiq bosh vaziri Umar Abdulla uchrashuvdan keyin hududdagi vaziyatni tartibga solish uchun barcha manfaatdor tomonlar bilan suhbat o'tkazish zarurligini aytdi.

"Jammu va Kashmir siyosiy muammo, uni ma`muriy yo'llar bilan hal qilib bo'lmaydi", deb aytdi uchrashuvdan keyin Abdulla.

Abdulla shuningdek Hindiston quruqlikdagi qo'shinlarining Shimoliy qo'mondonligi boshlig'i general-leytenant D.S. Hudaning shtatdagi keskinlikni kamaytirish uchun "barchaning orqaga chekinib, muzokaralar stoli atrofiga o'tirishi lozimligi" haqidagi so'zlarini ta`kidlab o'tdi.

Huda bu haqda 17 avgustda harbiylar Pulvama okrugidagi reyd davomida maktab o'qituvchisini o'ldirganlaridan keyin aytdi. General erkak o'qituvchi harbiylar qo'lidan o'lganini tan olgan. U reydlar beruhsat o'tkazilgani va ushbu holat tergov qilinishini aytgan.

Kashmir vodiysida ormmaviy tartibsizliklar Hindistonda terrorchilik tashkiloti deb tan olingan "Hizb-ul-Mujahidin" guruhi faoli, 22 yoshli Burhon Muzaffar Vaniy yo'q qilinganidan keyin boshlangan. Ihtilof davomida 66 kishi, jumladan 2 politsiyachi halok bo'lgan, deyarli 8 ming kishi yaralangan.

Jammu va Kashmir shtati ko'pchilik aholisi musulmonlar hisoblanuvchi Hindistondagi yagona shtat bo'lib, bu Yerda mustaqillik yoki Pokistonga qo'shilish tarafdorlari bo'lgan ayirmachilar harakat qiladi. Shu bilan birga Kashmirda Hindiston va Pokiston o'rtasida rasmiy chegara yo'q, ikki davlat armiyasini faqatgina nazorat chizig'i ajratib turadi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031