Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Saakashvilining rafiqasi Gruziya parlamenti deputati bo'lmoqchi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 40           Дата: 19-08-2016, 15:38          
Saakashvilining rafiqasi Gruziya parlamenti deputati bo'lmoqchi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mihail Saakashvilining rafiqasi Sandra Rulovs mamlakat parlamenti deputatligiga saylanmoqchi. U 8 oktyabr' kuni o'tkaziladigan saylovda o'z nomzodini qo'yishi haqidagi qarorini bugun Kortsheli qishlog'ida (Zugdid tumani) "Yagona milliy harakat" partiyasining sobiq rahbarlari hamkorligida mahalliy aholi bilan uchrashuvi vaqtida ma`lum qilgan.

Rulovs Gruziyaning hozirgi hukumatini tanqid qiluvchilardan bo'lib, keyingi yillarda mamlakat turg'unlikni boshdan kechirayotganini qayd etadi.

"Bunday vaziyatda qo'l qovushtirib, uyda o'tirishni istamayman. Ko'plar siyosatga aralashmasligim kerakligini aytishmoqda, lekin men uchun Gruziyaning taraqqiyoti muhimroq va men parlament saylovlarida qatnashmoqchiman", degan u.

Rulovs 1968 yilda Niderlandiyaning Terneuzen shahrida dunyoga kelgan bo'lib, Bryussel' davlat iqtisodiyot universitetining tarjimonlik fakul'tetini tamomlagan. U g'arb tillaridan tashqari, rus va gruzin tillarini puhta egallagan. 1993 yili Strasburgdagi tahsil vaqtida u bo'lajak turmush o'rtog'i Mihail Saakashvili bilan tanishadi va ular 1994 yilda turmush qurishadi. 2008 yilda Rulovs Niderlandiya fuqaroligini saqlab qolgan holda Gruziya fuqaroligini qabul qilgan. Rulovs va Mihail Saakashvilining oilasida 2 farzand dunyoga kelgan: 21 yoshli Edvard va 11 yoshli Nikoloz. Keyingi yillarda u kichik o'g'li bilan Tbilisida istiqomat qilmoqda, katta o'g'il esa AQShda tahsil olmoqda.

Saakashvili 2004-2013 yillarda Gruziya prezidenti bo'lgan, keyin AQShga ko'chib o'tgan. O'tgan yilning may oyida u Ukraina fuqaroligini qabul qilib, Odessa viloyati gubernatori etib tayinlangandi. 2014 yilda Gruziyada Saakashviliga bir qator jinoyatlar uchun sirtdan ayblov qo'yilgan, 2015 yilda u Gruziya fuqaroligidan mahrum etilgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн