Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bill Klintonning hayot yo'li

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 129           Дата: 19-08-2016, 10:07          
Bill Klintonning hayot yo'li

AQShning 42-prezidenti Uil'yam (Bill) JYefferson Blayt III (Klinton) 1946 yilning 19 avgust kuni Houp (Arkanzas shtati, AQSh) shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi o'g'lining tug'ilishiga bir necha oy qolganda avtohalokatda halok bo'lgan. Bill 4 yoshga kirganida uning onasi RojYer Klintonga turmushga chiqqan. Buning natijasida Bill uning familiyasini olgan.

Klinton maktabda yahshi o'qigan, o'quvchilik yillarida u saksafon chalgan va jaz-bend guruhini boshqargan.

Maktabni tugatgach, Jorjtaun universitetiga o'qishga kirgan va 1968 yilda halqaro munosabatlar mutahassisligi bo'yicha bakalavr bosqichini tugallagan.

1968 yilda Klinton Oksford universitetida Rods nomidagi stipendiya sovrindoriga aylanadi. AQShga qaytgach, u YYel' universitetining huquqshunoslik bo'limida tahsil oladi va 1973 yilda uni muvaffaqiyatli yakunlaydi.

YYelda Bill bo'lajak turmush o'rtog'i Hillari Rodem bilan tanishib qoladi.

Universitetni tugatgach, Klinton Arkanzasga qaytadi va 1976 yilga qadar Arkanzas universitetining huquqshunoslik maktabida saboq beradi.

1974 yilda u Arkanzas shtatidan demokratlar vakili sifatida kongressmenlikka o'z nomzodini qo'yadi, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

1975 yilda Bill Klinton Hillariga uylanadi. 1980 yilning fevralida Bill va Hillari Klintonlar oilasida qiz farzand dunyoga keladi, unga Chelsi deb ism qo'yishadi.

1976 yilda Klinton Arkanzas shtatining bosh prokurori lavozimiga tayinlanadi.

1978 yilda u shtat gubernatorligi saylovlarida g'olib bo'ladi va AQShning eng yosh gubernatori, deya e`tirof etiladi.

1980 yilda Bill navbatdagi gubernatorlik saylovlarida mag'lub bo'ladi. U Little Rock yuridik firmasida faoliyat olib boradi.

1982 yilda Klinton yana bir bor Arkanzas gubernatorligi uchun saylovlarda ishtirok etadi va unda g'alaba qozonib, 1992 yilga qadar shu lavozimda hizmat qiladi.

U gubernatorlik faoliyati davomida ta`lim tizimini isloh qildi, soliq imtiyozlarini joriy qilib, sanoat taraqqiyoti uchun hissa qo'shdi. Klinton siyosatchi sifatida ta`lim, sog'liqni saqlash, iste`molchi huquqlari, ekologiya masalalariga katta e`tibor qaratgan.

1986-1987 yillarda Bill Klinton AQSh Gubernatorlar milliy assotsiatsiyasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan, bu esa uning umummilliy miqyosdagi siyosatchiga aylanishiga turtki bo'ladi.

1992 yilda u Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligi saylovlarida qatnashadi va respublikachilar vakili to'ng'ich Jorj Bush va mustaqil nomzod Ross Perolarni mag'lubiyatga uchratadi.

1996 yilda Klinton prezidentlikning ikkinchi muddatiga ham qayta saylanadi.

Klinton prezidentlik qilgan yillarida ijtimoiy ta`minot tizimi qayta isloh qilinadi, o'qotar qurollar sotuvi chegaralanadi, ekologik me`yorlar mustahkamlanadi. Klinton tashqi siyosat sohasida halqaro ziddiyatlarni hal qilishda avvalgi prezidentlarning yo'lini davom ettiradi. 1993 yilda AQSh ko'magida Isroil va Falastinni ozod qilish tashkiloti o'rtasida tinchlik shartnomasi imzolanadi, 1994 yilda esa - huddi shunday shartnoma Isroil va Iordaniya o'rtasida imzolanadi. 1995 yilda AQShning faol ishtiroki yordamida Bosniya inqirozini hal qilish bo'yicha shartnomalar imzolanadi. Bill Klintonning prezidentlik yillari davomida Amerika iqtisodiyotida o'sish kuzatilgan, bu esa aholi farovonligini oshirgan. Mamlakat byudjYeti o'ttiz yil mobaynida birinchi marta ortig'i bilan bajarildi. Klinton rahbarligidagi so'nggi yillarda oshkor bo'lgan mojaro uning nufuziga putur Yetkazadi - Oq uyning yosh hodimasi Monika Levinski prezident bilan shahsiy aloqalari to'g'risida bong uradi. Bill Klinton dastlab buni inkor etdai, ammo keyinchalik aloqalarni tan olishiga to'g'ri keladi. 1998 yilda unga qarshi impichment jarayoni boshlanadi. Klinton sudga yolg'on ko'rsatmalar berishda va haqiqatni qaror toptirishga to'sqinlik qilgani uchun ayblanadi, lekin senat tomonidan oqlanadi (1999).

Prezident lavozimini tark etganidan so'ng Bill Klinton o'zining ijtimoiy hayriya fondiga (William J. Clinton Foundation, hozirda esa - Bill, Hillary & Chelsea Clinton Foundation) asos soladi. Ushbu fond sog'liqni saqlash, iqtisodiyot va iqlimning global o'zgarishi va bolalarning semirib ketishi muammolari bilan shug'ullanadi.

Klinton ijtimoiy tadbirlar va hayriya ishlarida faol ishtirok etadi, butun dunyo bo'ylab ommaviy tadbirlarda chiqishlar qiladi.

2004 yilda Klintonning "Mening hayotim" (My Life) nomli kitobi nashrdan chiqadi va u bestsellerga aylanadi.

Sobiq prezident mustaqil siyosiy faoliyatini yo'lga qo'ygan turmush o'rtog'i Hillarini qo'llab-quvvatlaydi. 2008 yilda Hillari Klinton AQSh prezidentligiga nomzodini qo'yadi, lekin keyinchalik Barak Obama foydasiga nomzodini qaytarib oladi.

2009-2013 yillarda u AQSh bosh kotibi lavozimida faoliyat olib boradi.

2016 yilning 27 iyulida Hillari Klinton AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan rasmiy nomzod sifatida ishtirok etadi. Noyabr' oyida bo'lib o'tadigan saylovlarda Hillari Klinton g'alaba qozonsa, u AQShning birinchi ayol prezidenti sifatida tarihda qoladi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031