Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hindiston shimolidagi suv toshqinida halok bo‘lganlar soni 200 kishidan oshdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 3 531           Дата: 13-09-2014, 11:39          

Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida jala quyishi natijasi yuzaga kelgan suv toshqini qurbonlari soni 200 kishidan oshib ketdi, deya xabar bermoqda “ITAR-TASS” Hindiston ichki ishlar vaziri Rajnatx Singxga tayanib.

Foto: “ITAR-TASS”

Uning aytishicha, 130 ming kishi xavfsiz tumanlarga evakuatsiya qilingan. “Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari doimiy ravishda suv toshqini hududida bo‘lib, vaziyatni nazorat qilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.

Avvalroq shtat bosh vaziri Umar Abdulla ushbu suv toshqinini yarim asr ichidagi eng kuchlisi deb atagan edi. Jammudagi 350 ta qishloq to‘liq suvga g‘arq bo‘lgan. Tabiiy ofat hududida jami mingga yaqin qishloq bor.

Qutqaruv operatsiyalariga Hindiston harbiy havo kuchlarining 23 ta samolyoti va 26 ta vertolyoti jalb etilgan. Ularning bortida poytaxtdan dori-darmonlar va eng zarur buyumlar yetkazilmoqda. Shtatga 3 mingta chodir va 100 mingta ko‘rpa havo orqali yetkazib berilgan.

Bosh vazir Narendra Modi o‘z navbatida suv toshqiniga qarshi kurash va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun markaziy hukumat 100 million rupiy (taxminan 1,6 million dollar) ajratishini aytdi.

Har yili iyuldan sentabrgacha bo‘lgan davrda Hindiston hududining katta qismida yomg‘irlar mavsumi bo‘lib o‘tadi, ular suv toshqini va qiyaliklarning o‘pirilishini keltirib chiqaradi. 2013-yilda Uttarakxand shtatidagi toshqinlar 5 mingdan ortiq kishini hayotdan olib ketdi.



Источник: Daryo.uz

Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031