Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

The New York Times: Rossiya va Eronning Suriya borasidagi hamkorligi AQSh uchun kutilmagan hol

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 290           Дата: 17-08-2016, 20:07          
The New York Times: Rossiya va Eronning Suriya borasidagi hamkorligi AQSh uchun kutilmagan hol

Rossiya harbiy samolyotlarining Hamadon aerodromidan parvoz qilishi, ikkinchi jahon urushi davridan beri Eron hududi orqali amalga oshirilgan ilk horijiy jangovar amaliyot bo'ldi, deb yozmoqda The New York Times.

Rossiya mudofaa vazirligi, Tu-22M3 va Su-34 bombardimonchi samolyotlari aynan Eronda joylashganini tasdiqladi. Harbiy samolyotlar Hamadon aerodromidan havoga ko'tarilib, IShID manzillariga raketa zarbalari berdi. Bundan avval, Rossiya HKK Suriyaning Hmeymim bazasidan parvozlarni amalga oshirib, terrorchilarni nishonga olgan edi.

Amerikalik mulozimlarning aytishicha, Rossiya va Eronning harbiy sohadagi hamkorligi ular uchun yangilik emas, ammo Rossiya samolyotlarining aynan Eron aerodromidan parvoz qilishi Oq uy uchun kutilmagan holdek taassurot uyg'otmoqda, deyiladi maqolada.

"Fikrimcha, biz ular (Rossiya va Eron)ning nima qilmoqchi bo'layotganini tushunmoqchimiz", — degan Davlat departamenti rasmiy vakili Mark Toner.
Rasmiy Moskva Tehron bilan kelishuvga erishgani bois, Suriyadagi jangovar harakatlar sahnasida o'ziga hos ustunlikni qo'lga kiritdi va zarbalar sonini oshirdi, deb qayd etgan gazeta.

Siyosatchilarning fikricha, yangi kelishuvlar Rossiyaning Yaqin sharq mintaqasidagi siyosiy ta`sirini yanada kengaytiradi. Tarihchilar va harbiy ekspertlar, o'z navbatida, shu paytga qadar ushbu ikki davlat o'rtasida bunday qalin harbiy hamkorlik kuzatilmaganiga urg'u berishmoqda.

"Bunday holat, hatto podshohlik davrida ham kuzatilmagan (gap Eronning ohirgi shohi Muhammad Rizo Pahlaviy tuzumi haqida bormoqda, o'shanda sobiq Ittifoq va Eron ko'plab sohalarda hamkorlik qilgan edi)", — deya hikoya qilgan Amerikaning sobiq diplomati, hozirda AQSh harbiy-dengiz akademiyasi professori Jon Limbert.

Ammo, barchasi taktik ustunlikda ham emas, albatta. Eron aviabazasida Rossiya samolyotlarining paydo bo'lishi Rossiyaning boshqa bir keng qamrovli rejasining bir qismi ham bo'lishi mumkin. Hususan, Kreml' ma`muriyati Suriya bo'yicha yangi koalitsiya barpo etib, uning asosini tashkil eta oladi. NYT nashrining ta`kidlashicha, e`tiborli jihati shundaki, bu habar rasmiy Moskva va Anqara munosabatlarining yahshilangani va IShIDga qarshi kurash borasida Rossiya-Amerika muloqoti davom etayotgani to'g'risidagi yangiliklardan so'ng, ochiq osmonda chaqmoq chaqnagandek bo'ldi.

"O'ylashimcha, Rossiya Moskva va Tehron hamkorligidan kengroq bo'lgan koalitsiyani tashkil etishga urinmoqda. Va bu, uning G'arb bilan muzokaralarida dalda bo'lishi shubhasiz", — deydi Rossiya halqaro masalalar bo'yicha kengashi bosh direktori Andrey Kortunov.

Rossiya-Eron hamkorligining yangi bosqichga chiqishi, Vashington Suriya osmonida parvozlarni taqiqlamaslik bilan katta startegik hatoga yo'l qo'ymadimikan?, degan savolni kun tartibiga chiqaradi. Bunday hududlarning yo'qligi, Moskvaga Suriya kampaniyasiga qo'shilish hamda alaloqibat Vashington uchun harakatlanishni cheklashiga imkon berdi, deb hulosa qiladi maqola muallifi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн