Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yaponiyada yuz yoshdan yuqori aholi soni rekord darajaga yetdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 429           Дата: 13-09-2014, 10:57          

Yaponiyaning butun milliy tarixida 100 yoshdan oshgan aholi soni rekord darajaga yetdi, deya xabar bermoqda “ITAR-TASS” mamlakat sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligiga tayanib. Bugungi kunda ular 58,8 ming kishini tashkil etadi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 4,4 mingtaga ko‘pdir.

Foto: businessweek.com

Ma’lum bo‘lishicha, yuz yoshdan yuqori yaponiyaliklar soni ketma-ket 44 yildan buyon to‘xtovsiz o‘sib kelmoqda. Ularning 87 foizi ayollardir. Vazirlik har yili 15-sentabrda nishonlanadigan milliy bayram — Keksalarni hurmatlash kuni arafasida bunday ma’ruzani e’lon qiladi.

Yaponiyadagi eng keksa kishi — Misao Okava ismli ayol bo‘lib, u martda 116 yoshni qarshi oldi. U Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan Yer sayyorasidagi eng keksa fuqaro hamdir. Dunyodagi eng keksa erkak ham yaponiyalik — 1903-yilda tug‘ilgan Sakari Momoi.

Yaponiyada uzoq umr ko‘ruvchilarning rekord darajada ko‘payib borishi bilan birga, aholi soni qisqarib bormoqda — 2013-yilda u urushdan keyingi davr bo‘yicha eng yuqori sur’atlarda pasaygan. Mamlakat aholisi tarkibida 65 yoshdan yuqori kishilar ulushi 24,4 foizgacha o‘sgan, 15 yoshdan kichik bolalar hissasi esa 13 foizga tengdir.



Источник: Daryo.uz

Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн