Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

FeTOchilar aslo Rossiyaning do'sti bo'la olmaydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 129           Дата: 17-08-2016, 10:11          
FeTOchilar aslo Rossiyaning do'sti bo'la olmaydi

Rossiyadagi Sharqshunoslik, halqaro aloqalar va jamoatchilik diplomatiyasi markazi direktori va turkolog Vladimir Avatkov, “FeTOchilar aslo Rossiyaning do'sti bo'la olmaydi. Ular Rossiyada umuman har qanaqa holatda ham faoliyat ko'rsata olishmasligi kerak”, - dedi.

“Ma`lumki Turkiyada Gulenga aloqasi bo'lganlar FeTO/PDY (FETÖ/PDY) deya nomlanadi. Rossiyada ham FeTOchilar bor. Vaqti-vaqti bilan ovozlari chiqib turadi. Ular aslo Rossiyaning do'sti bo'la olmaydi va mamlakatimizda umuman har qanaqa holatda ham faoliyat ko'rsata olmasliklari kerak. Horijiy diniy tashkilot mamlakatimiz ichki siyosati va muhitiga umuman aralasha olmaydi. Rossiyani FeTOchilardan tozalash kerak”, - dedi Sputnikka bergan interv'yusida Avatkov.

Putin-Erdo'g'an uchrashuvida FeTO masalasi ham muhokama qilindi

"Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Erdo'g'an o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv haqida fikr bildirgan Avatkov, “Mazkur uchrashuvlarda nafaqat iqtisodiy sohalarda balki havfsizlikni ta`minlash borasida ham ikki tomonlama hamkorlik qilish masalalari ko'rib chiqildi. Muzokaralarda Suriya muammosi va ba`zi tashkilotlarni teroristik tashkilot sifatida qabul qilish masalalari ham muhokama qilindi. Uylaymanki, mazkur uchrashuvda FeTO masalasi ham ko'rib chiqilgan", - dedi Avatkov.

Rossiya FeTO havfini 10 yil oldin sezgan edi

“Rossiya Gulenga tegishli tuzilmalarning qanchali havfli ekanligini tahminan 10 yil avval sezgan va darrov chora ko'rgan. Rossiya ushbu tuzilmalarni salbiy va havfli omil sifatida ko'rmoqda. Ularning faoliyatlari natijasida Rossiya parchalanishi mumkin. Ushbu tuzilmalar “halqlar do'stligi” va “tolerantlik” kabi masallar bilan qornimizi to'ydirishlari mumkin. Lekin kelajakda nimalar bo'lishi mumkinligini idrok etishimiz kerak. Turkiyadagi mavjud holatni e`tiborga olishimiz lozim. FeTO Turkiyaning ichki siyosatiga salbiy ta`sir ko'rsatmoqda. AQSh ham bu havfni hali ham idrok eta olgani yo'q. AQSh FeTOchilardan o'z manfaatlari yo'lida foydalanaman, deb o'ylamoqda. Lekin aslida FeTOchilar o'z manfaatlari uchun AQShdan foydalanishi mumkin”, – deya davom etdi Avatkov.

Rossiya va Turkiya FeTOga qarshi hamkorlikda kurashishi mumkin

Rossiya va Turkiyaning FeTOga qarshi birgalikda kurashishi zarurligini ta`kidlagan Avatkov shunday dedi: “Bu Rossiya bilan Turkiyaning ichki va tashqi siyosati nuqtai nazaridan juda muhim. Rossiya o'zining ichki va tashqi siyosati istiqboli yuzasidan FeTOni teroristik tashkilotlar ruyhatiga olishi mumkin. Bu Yerda o'zaro hamkorlik nuqtai nazaridan keng manyovr maydoni vujudga kelish ehtimoli bor. Rossiya va Turkiya bu Yerda o'zaro kelishuvga erishadigan bo'lsa, ilk qadamlar ham tashlanadi. FeTO masalasi borasida Rossiya bilan Turkiya o'rtasida jiddiy ma`noda hamkorlik o'rnatilishi mumkin. Ushbu hamkorlik esa Rossiya-Turkiya munosabatlariga ijobiy ta`sir ko'rasatadi”.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031