Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

BMT bosh kotibi Yamandagi maktabga uyushtirilgan hujum yuzasidan tergov ishlarini yo'lga qo'yishga chaqirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 73           Дата: 15-08-2016, 13:20          
BMT bosh kotibi Yamandagi maktabga uyushtirilgan hujum yuzasidan tergov ishlarini yo'lga qo'yishga chaqirdi

BMT bosh kotibi Yamandagi maktabga berilgan aviazarba yuzasidan tergov ishlarini olib borishga chaqirdi. Maktab binosiga uyushtirilgan havo hujumi natijasida kamida 10 nafar bola halok bo'lgan. Bu haqida jahon tashkilotining matbuot hizmatida ma`lum qilishdi.

"Bosh kotib 13 avgust kuni Yaman shimolidagi Saada provintsiyasida joylashgan maktabga uyushtirilgan hujumni qoraladi", - deyiladi tashkilot habarida. Pan Gi Mun mazkur fojia yuzasidan tergov ishlarini yo'lga qo'yishga chaqirdi. BMTda ta`kidlanishicha, tinch aholi, shu jumladan bolalar mamlakatdagi harbiy operatsiyalardan jabr ko'rishmoqda.

"Chegarasiz shifokorlar" tashkilotining habar berishicha, shanba kuni Saada provintsiyasi Haydon tumanidagi maktabga uyushtirilgan havo hujumi natijasida 10 nafar bola halok bo'lgan, 28 nafari jarohat olgan. Halok bo'lgan bolalar 8-15 yosh atrofida bo'lishgan.

Saudiya Arabistoni rahbarligidagi koalitsiya 2015 yilning martidan husit jangarilarini bombardimon qilmoqda. Koalitsiya vakili va Saudiya mudofaa vazirining maslahatchisi general Ahmad Asiriyning ma`lum qilishicha, VVS arab koalitsiyasining maqsadi maktab emas, yosh husit-jangarilarni tayyorlash lageri bo'lgan.

BMT bosh kotibi Yamandagi vaziyatni harbiy yo'l bilan hal qilib bo'lmasligini yana bir bor ta`kidladi.

Mojaroni bartaraf etish bo'yicha muzokaralar apreldan avgust oyigacha (orada tanaffuslar bilan) Kuvaytda o'tkazildi, lekin bu hech qanday ijobiy natija bermadi.

Yamanda 2014 yildan buyon Bir tomondan - "Ansar Alloh" shiya harakatining husit jangarilari va sobiq prezident Ali Abdulloh Solihning sodiq armiyasi, ikkinchi tomondan - joriy prezident Abd Rabbu Mansur Hadiy tarafdorlaridan iborat hukumat qo'shinlari o'rtasida mojarolar davom etib kelmoqda, hukumat qo'shinlarini Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya qo'llab-quvvatlamoqda.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн