Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hisobot: Turkiyadagi Amerika yadro quroli terrorchilar qo'liga o'tishi mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 281           Дата: 15-08-2016, 13:40          
Hisobot: Turkiyadagi Amerika yadro quroli terrorchilar qo'liga o'tishi mumkin

Turkiyaning Suriya bilan chegarasi yaqinidagi Injirlik harbiy bazasida saqlanadigan AQSh yadro arsenali terrorchilar va "boshqa dushmanona kayfiyatdagi kuchlar" ihtiyoriga tushishi mumkin, deyiladi Stimson Center notijorat markazi e`lon qilgan hisobotda.

"Injirlik aviabazasida AQShning 10lab yadro qurollaridan iborat arsenalning saqlanishi, uni terrorchilar va boshqa dushman kuchlar tomonidan egallab olinishi ehtimolini kuchaytiradi", — deyiladi B61 Life Extension Program: Costs and Policy Considerations nomli hisobotda.

"AQSh Injirlikdagi ellikka yaqin yadro quroli (V61 vodorod bombasi)ning havfsizligini Turkiyadagi fuqarolik kelishmovchiligi bilan bog'liq vaziyatda naqadar ta`minlay oladi?, degan savolga aniq javob berish mushkul vazifadir", —deya ta`kidlanadi hujjatda.

Hisobot mualliflaridan biri Leysi Hili (Laicie Heeley)ning fikricha, havfsizlik nuqta-i nazaridan baholaganda, Suriya bilan chegaradan atigi 100 km uzoqlikdagi Injirlik aviabazasida 50ga yaqin Amerika yadro qurolini saqlash, "lotereya o'ynash" bilan barobardir.

"Bu qurollar Yevropaning havfsizligiga umuman aloqasi yo'q, bugungi kunda mazkur yadro arsenallari NATOdagi ittifoqchilarning majburiyatlariga ko'proq aloqador bo'lib qolmoqda", — deb fikrlaydi Hili.

Hisobotda qayd etilishicha, Yevropadagi barcha B61 vodorod bombalarini yo'qotish hamda Yevropa hududida saqlash uchun ularni harid qilish amaliyotiga chek qo'yish maqsadga muvofiq bo'lur edi. Shu bilan 6 mlrd dollarga yaqin mablag'ni ham iqtisod qilish imkoni paydo do'lur edi.

"Bu bombalar bugungi kun talablariga javob bermaydi, buning ustiga juda qimmat hisoblanadi. Shunga ko'ra, ularni Yevropadan yo'qotib, NATOdagi ittifoqchilarimizni himoya qilayotgan oddiy qurolli kuchlarni kuchaytirish ma`qulroq", — deydi Stimson Center markazi hamasoschisi Barri Blechman.

Avvalroq, New Yorker nashrida chop etilgan maqolada ta`kidlanishicha, Turkiyadagi davlat to'ntarishi NATOning barcha yadro qurollari chorak qismini tashkil etuvchi va Injirlik harbiy bazasida saqlanuvchi arsenal taqdirini havf ostiga qo'ymoqda. Nashrga ko'ra, 1960-yillardan beri AQSh yadro arsenalining 7 mingdan ortiq quroli G'arbiy Yevropaga, Gretsiya va Turkiyaga ko'chirilgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031