Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hindistonda Mustaqillik kuni nishonlamoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 264           Дата: 15-08-2016, 10:22          
Hindistonda Mustaqillik kuni nishonlamoqda

Mustaqillik kuni Hindistonning asosiy milliy bayramlaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan mamlakat poytahti Dehli shahri va boshqa yirik shaharlarida ehtiyot va havfsizlik choralari kuchaytirilgan. IIV habar qilishicha, mahsus hizmatlardan qo'poruvchiliklar ro'y berishi mumkinligi haqida habar olingach, poytaht ko'chalarida 50 mingdan ortiq patrul hizmatchilari navbatchilik qilmoqda.

Shaharning 17-asrga oid Qizil Fort tarihiy yodgorlik majmuasi ham jiddiy qo'riqlanmoqda. Aynan shu Yerda asosiy tantanalar bo'lib o'tadi. 70 yil muqaddam respublikaning birinchi bosh vaziri Javaharlal Neru tomonidan amalga oshirilgan va ana`anaga aylanib ulgurgan odatga ko'ra, hukumat rahbari fahriy qorovul oldidan o'tib, millatga murojaat qiladi.

Ushbu maydon atrofida 15mingga yaqin havfsizlik hodimlaridan iborat 8ta havfsizlik halqasi barpo etilgan. 500dan ortiq kuzatuv kameralari o'rnatilgan. Maydon atrofidagi baland binolarning tomida snayperlar va havo hujumidan himoya vositalari joylashtirilgan. Bundan tashqari, Qizil Fort osmoni kun davomida politsiya vertolyotlari va uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalardan boshqa har qanday tehnika uchun yopiq bo'ladi.

1947-yil 15-avgust kuni Hindiston mustaqillik akti (Indian Independence Act) qabul qilingan edi. Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakasi ikkiga bo'linib, Hindiston ittifoqi va Pokistonga ajratilgandi.

Shu kundan e`tiboran, mamlakatning shahar va qishloqlarida, davlat mulozimlari ishtirokida davlat bayrog'ini ko'tarish tantanali marosimi o'tkaziladi.

Pokiston o'z mustaqilligini Hindistondan bir kun avval, 14-avgustda nishonlaydi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн