Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qirg'izistonda maktabdayoq muhojirlikka tayyorlash taklif qilinmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 116           Дата: 13-08-2016, 11:36          
Qirg'izistonda maktabdayoq muhojirlikka tayyorlash taklif qilinmoqda

Qirg'iziston maktablarida bo'lg'usi mehnat muhojirlari darajasini yahshilash uchun yuqori sinf o'quvchilari uchun tehnik ta`lim darslarini kiritish mo'ljallanmoqda. Bu haqda Qirg'iziston migratsiya hizmati rahbari o'rinbosari Almazbek AsanbaYev matbuot-anjumanda aytib o'tdi.

Uning aytishicha, ushbu dastur Qirg'iziston ta`lim va fan vazirligi tomonidan ishlab chiqilmoqda. "Pul topgani horijga ko'pincha maktab bitiruvchilari ketishi hisobga olinsa, ular biror kasbga ega bo'lmaganliklari ularga pand beradi. Shuning uchun yuqori sinflar o'quvchilari o'rganadigan biror tehnik mutahassislik bo'lishi kerak", deb aytdi AsanbaYev.

U ishlash uchun misol qilib Yaqin Sharq davlatlarini keltirdi. Bu davlatlarda kichik tibbiy hodimlar Yetishmaydi. "Bizning mehnat muhojirlarimizning yarmi yoshlar va ulardan 14 foizi qizlar ekanligini hisobga olib, biz qizlar bunday davlatlarda hamshira bo'lib ishlay olishlari uchun ularni hamshiralik ishiga o'qitishni taklif qilmoqdamiz. U Yerda hamshiralarning oyligi 1500-2000 dollarni tashkil qiladi. Shifokorlar kabi bilimli, madaniyatli odamlar orasida ishlash idish-tovoq yuvishdan ancha yahshiroqdir", deb aytdi AsanbaYev.

AsanbaYev vazirlik mehnat muhojirlarini Qirg'izistondan ishga bunday jo'natish yo'nalishi rivojlantirilayotganini aytdi. "Bu ishchi kuchining marketingi deb ataladi va biz uning yordamida nafaqat an`anaviy Rossiya, Qozog'iston bilan, balki Yaponiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaqin Sharq davlatlari – Bahrayn, Qatar, BAA bilan ishlamoqchimiz", deb o'z so'zlarini yakunladi AsanbaYev.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн