Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Turkiya parlamenti Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish bo'yicha kelishuvni ratifikatsiya qiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 52           Дата: 12-08-2016, 11:29          
Turkiya parlamenti Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish bo'yicha kelishuvni ratifikatsiya qiladi

Isroil va Turkiya munosabatlarini normallashtirish to'g'risidagi kelishuv Turkiya parlamenti tomonidan yaqin vaqt ichida ratifikatsiya qilinadi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho'g'li ma`lum qilgan.

Isroil va Turkiya munosabatlarni normallashtirish haqida kelishuvni 28 iyun' kuni imzolagan. Bu hujjat kuchga kirishi uchun u ikki davlat parlamentlari tomonidan tasdiqlanishi talab etiladi.

"Bu jarayon parlament ta`tilga ketishidan oldinroq yakunlanadi", degan vazir NTV telekanali muhbirining shu haqdagi savoliga javoban.

Frans Press agentligi habariga ko'ra, parlament avgust oyi ohirida ta`tilga chiqadi.

Kelishuv ratifikatsiya qilingach, ikki mamlakat bir-biriga yangi elchilarini yuboradi. Chovusho'g'li Turkiyaning Isroildagi yangi elchisi kim bo'lishi haqidagi savolga javob berishda qiynalgan.

Kelishuv «Moviy Marmara» paromi qo'lga olinishida halok bo'lganlarga tovon to'lanishi va G'azo sektori qamali Yengillashuviga taalluqli bo'lgan. Jumladan, tomonlar «Moviy Marmara» qurbonlari yaqinlari va paromda jarohat olganlarga jami 20 million dollar tovon to'lanishi, Turkiya tomonidan G'azoda elektr stantsiyasi va suvni tozalash inshootlari qurilishi haqida kelishib olgan.

Anqaraning uchinchi sharti — parom qo'lga olingani uchun rasmiy kechirim so'rash oldinroq Isroil bosh vaziri Bin'yamin Netan'yahu tomonidan bajarilgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн