Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

WSJ: Putin va Erdo'g'an uchrashuvi - AQSh va Turkiya munosabatlarining yomonlashganini anglatadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 116           Дата: 11-08-2016, 21:58          
WSJ: Putin va Erdo'g'an uchrashuvi - AQSh va Turkiya munosabatlarining yomonlashganini anglatadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'anning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvi rasmiy Vashington va Anqaraning munosabatlari davlat to'ntarishiga urinishdan so'ng, yomonlashganini isbotlaydi, deb fikr yuritadi The Wall Street Journal.

Ta`kidlanishicha, ushbu ikki davlat o'rtasidagi aloqalar bir necha marta inqiroz davrlarini yashagan. Masalan, Turkiyaning 1974-yilda Kiprga bostirib kirishida va AQShning2003-yili Iroqqa hujum qilishida shunday holat kuzatilgan. Biroq, ikki mamlakat Yetakchilari umumiy til topishning uddasidan chiqishgan. Ammo, bu safargisi avvalgilariga o'hshamas, deb ishonch bildirmoqda mualliflar.

Ayni vaqtda, Anqara va Vashington o'rtasida bir necha masalada qarama-qarshilik mavjud, deyiladi maqolada. Bular, Suriya, Injirlik harbiy bazasi, prezident Bashar Asadni hokimiyatdan chetlashtirish masalasini hal etish muddati, Iroqning hududiy yahlitligi, Eronga qarshi sanktsiyalarni davom ettirish zarurati hamda kurdlarga Amerika tomonidan yordam berilishiga oid masalalardir.

Amalga oshmay qolgan davlat to'ntarishiga urinish esa, Turkiyaning AQShga nisbatan g'azabini qo'zg'atdi, deyish mumkin. Aynan shu voqea ikki tomonlama munosabatlarni boshi berk ko'chaga kiritmoqda, deb yozadi WSJ.

Ma`lumki, Oq uy ma`muriyati, harbiy isyondan keyin ikki marta Turkiyaning demokratik saylangan hukumatini qo'llab-quvvatlashi haqida bayonot bergan edi. Albatta, Anqara ham o'z navbatida, mamlakatdagi davlat to'ntarishini Vashington uyushtirgani to'g'risidagi ovozalarga barham berishi mumkin edi, ammo bunday qilmadi. Nashrning fikricha, AQShning bu kabi ayblovlarga javobi esa keskin bo'lmagan.

Maqolada ta`kidlanishicha, AQSh va Turkiya munosabatlarida «haqiqiy maqsad» oydinlashmoqda. Amerikalik siyosatchilar Anqara va Vashingtonni umumiy qadriyatlar va manfaatlar boshqa birlashtirmayotganini yahshi tushunib Yetadigan vaqt allaqachon kelgan. Shunga ko'ra, mamlakat hukumati o'ziga ishonchliroq boshqa ittifoqchini topishi kerak.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031