Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Pokistondagi turk maktablari tarmog'i rahbariyati o'zgartirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 309           Дата: 10-08-2016, 22:35          
Pokistondagi turk maktablari tarmog'i rahbariyati o'zgartirildi

Pokistonda faoliyat yurituvchi PakTurk ta`lim muassasalarining turkiyalik direktorlari o'zgartirildi. Bunga, rasmiy Anqaraning Fathulloh Gulenga aloqador maktablarni yopishni so'rab, Islomobodga murojaat qilgani sabab bo'lgan. Shunday qilib, 28ta maktab rahbarlari vazifasidan ozod etilgan, deb yozmoqda Dawn nashri o'z manbalariga tayangan holda.

Avgust oyi boshlarida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li Pokistonga tashrif buyurgan edi. U, Pokiston hukumatini Gulen tarafdorlari bilan kurashishda yordam berishga, hususan u bilan bog'liq barcha maktablarni yopishga chaqirgan edi. Pokiston TIV o'z navbatida, ikki mamlakat hukumatlari "Turkiya havotirlariga barham berish maqsadida va o'quvchilarning akademik ta`limini buzmaslik muhimligini yahshi tushungan holda aloqada bo'lib turgan"ini ma`lum qilgandi.

Bunga javoban, PakTurk ta`lim muassasalari rahbariyati Pokiston hukumati maktablar boshqaruvini Turkiya prezidenti ma`muriyati bilan bog'liq notijorat tashkilotiga topshirishdan o'z havotirini izhor qildi.

Shu bilan birga, nashrning manbasiga ko'ra, ushbu maktablarda ishlaganlar endilikda Turkiyaga qaytishdan qo'rqishmoqda. Chunki, Gulen bilan bog'liq tashkilotda ishlaganlari bois, Vatanlarida ularga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilishi mumkin.

Natijada, maktablar boshqaruvi "PakTurk halqaro ta`lim jamg'armasi" tashkilotidan Pokistonda ro'yhatdan o'tgan "PakTurk ta`lim jamg'armasi" ihtiyoriga topshirildi. Barchasi Pokiston fuqarolari bo'lgan 6 kishilik boshqaruv kengashi tashkil etilgan. Maktablarning 28 nafar direktorlari vazifasidan ozod etilib, oddiy o'qituvchilik darajasiga tushirilgan.

"PakTurk ta`lim jamg'armasi" Pokistonning bir necha shaharlaridagi 28 maktabni boshqaradi. Ularda bir yarim ming kishi faoliyat ko'rsatadi. 11 mingga yaqin o'quvchi ta`lim oladi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн