Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Arktika qirg'oqlari nima uchun tez vayron bo'lmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 301           Дата: 10-08-2016, 21:54          
Arktika qirg'oqlari nima uchun tez vayron bo'lmoqda

Vize oroli qirg'oqlari iqlim o'zgarishi tufayli katta tezlik bilan vayron bo'lmoqda. So'nggi 7 yil ichida u 70 metrdan ortiq masofaga chekindi, buni dunyo aksilrekordi deb hisoblash mumkin. Bu haqida Rossiyadagi Jahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) ma`lum qildi.

"Vize oroli qirg'oqlarida avval ham vayronagarchiliklar kuzatilgan, bu tabiiy jarayon. Biroq o'tgan asrning 50-yillarida qirg'oqning chekinish tezligi yiliga 1,5 metrni tashkil qilgan bo'lsa, 2009-2016 yillar davomidagi kosmik suratlar qirg'oqning 74 metrga chekinganini ko'rsatgan. Tezlikning oshish surati kishini hayratga soladi", - deya so'zlaydi glyatsiolog Aleksandr Aleynikov.

Fondning ma`lum qilishicha, bunday shiddatli o'zgarishlar birinchi navbatda qirg'oqlardagi dengiz to'lqinlarining Yemirilishi bilan bog'liq. To'lqinlarning harakati esa to'g'ridan-to'g'ri mavsumdagi yoz kunlari soniga bog'liq, zero yozda muzlardan holi ochiq suvlar bo'ladi. Landsat'ning o'tgan yilgi kosmik suratlari tahlili iqlimning isishi natijasida ochiq suv davrining uzayganini aniqladi. 2016 yilning 15 iyulidagi kosmik suratda Vize orolining suvli hududida suzib yuruvchi muzning butkul yo'qligi ko'rinib turibdi.

"Ma`lumki, qirg'oqlari vayron bo'lish jihatidan dunyo miqyosida eng yuqori tezlik Novosibir' orollarida qayd etilgan, ular yiliga 5-15 metrga, ba`zan kuchli bo'rondan keyin 20 metrgacha chekinadi. Vize orolida qirg'oqlarning vayron bo'lish tezligi bundan ham yuqoriga o'hshaydi. Kuzatuvlarni davom ettirish lozim", - deya izohlaydi Rossiya WWF "Iqlim va energetika" dasturining koordinatori Oksana Lipka.

Fondning ta`kidlashicha, Arktika iqlimi Yerga nisbatan tahminan ikki barobar tez isimoqda. Bu esa hududni o'zlashtirish istiqbollarini ochadi, Shimoliy dengiz yo'lidan faol foydalaniladi, muz kamayishi tufayli foydali qazilmalarni izlash jarayoni tezlashadi, yangi ob`Yektlar barpo etiladi, infratuzilma rivojlanadi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн