Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Eronning sobiq prezidenti Obamaga hat yozgani tufayli doshnomlarga qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 106           Дата: 10-08-2016, 22:01          
Eronning sobiq prezidenti Obamaga hat yozgani tufayli doshnomlarga qoldi

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod 8 avgustda AQSh prezidenti Barak Obamaga yuborgan hati tufayli eronliklar tomonidan ommaviy tanqidlarga uchradi.

Ahmadinajod o'z maktubida Eronning muzlatilgan 2 mlrd dollarlik aktivlarining qaytarilmasligi haqidagi sud qarorini bekor qilishni talab qilgan. Ushbu qaror joriy bahorda AQSh federal sudi tomonidan qabul qilingan bo'lib, u bu mablag'ni 1983 yilda Bayrutda amalga oshirilgan teraktda halok bo'lgan amerikalik harbiylar oilalariga berishga hukm qilgan. AQShning fikricha, bu teraktga Eronning aloqasi bor.

Bu maktubdan keyin Ahmadinajod Eron rasmiy shahslari va matbuoti tomonidan ko'plab tanqidlarga uchradi. Tanqidlarning asosiy mazmuni shundan iboratki, Ahmadinajod istagan odami bilan qancha istasa hat yozishishi mumkin, biroq rasmiy, yana boz ustiga "Eronning eng ashaddiy dushmani Yetakchisi" bilan hat yozishishga hech qanday huquqqa ega emas.

"Ahmadinajod tomonidan ko'rilgan tashqi siyosiy qadamlar hech qanday foyda keltirmaydi. Ular faqatgina mamlakatga ziyon Yetkazishi mumkin", deb aytdi Eron parlamentining milliy havfsizlik va tashqi siyosat bo'yicha qo'mitasi a`zosi Hoshmat Falahatposha. U "ohirgi yillarda Eronning amaldagi hukumatini AQSh bilan yadroviy kelishuv bo'yicha muzokaralari uchun tanqid qilgan va amerikaliklar bilan har qanday aloqalarga yo'l qo'yib bo'lmasligini aytgan va endi bo'lsa Obamaga hat yozayotgan" Ahmadinajodning harakatlari bir-biriga zidligini aytdi.

Eronning "Jumhuriya islomi" nufuzli gazetasining fikricha, Ahmadinajod shu tariqa Eronda 2017 yil mayga belgilangan navbatdagi prezidentlik saylovlari oldidan jamoatchilikning o'z shahsiga qiziqishini jonlantirishga urinmoqda, uning Obamaga maktubi esa muvaffaqiyatsiz piar aktsiyadir.

Ahmadinajod Eronni 2005-2013 yillar davomida boshqargan. Ohirgi prezidentlik saylovlarida Ahmadinajod o'z nomzodini qo'yishga haqqi bo'lmagan, chunki mamlakat konstitutsiyasi ketma-ket uch marta prezident bo'lishni taqiqlaydi, biroq 2017 yil 19 mayga belgilangan navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok eta oladi. Ayni vaqtda Ahmadinajod Tehron tehnologik universiteti rahbari hisoblanadi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн