Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OAV Turkiyada davlat to'ntarishiga urinish amalga oshganida kim prezident bo'lishi rejalashtirilganini aniqladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 102           Дата: 10-08-2016, 22:00          
OAV Turkiyada davlat to'ntarishiga urinish amalga oshganida kim prezident bo'lishi rejalashtirilganini aniqladi

Turkiyada 15 iyul' oqshomida harbiy davlat to'ntarishini amalga oshirishga uringan isyonchilar agar o'z maqsadlariga erishishganida Turkiya Harbiy havo kuchlarining sobiq bosh qo'mondoni, general Aqin O'zturkni mamlakat prezidenti etib tayinlamoqchi bo'lishgan. Bu haqda prokuraturadagi manbasiga asoslangan holda Hurriyet habar tarqatdi.

Tergov ma`lumotlariga ko'ra, isyonchilarning hukumatni taqsimlab olish rejasi ifodalangan ro'yhat tuzilgan. Unga ko'ra, O'zturk Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'anning o'rnini egallashi ko'zda tutilgandi.

OAV Turkiyada davlat to'ntarishiga urinish amalga oshganida kim prezident bo'lishi rejalashtirilganini aniqladi

Nashrning qayd etishicha, isyonchilarning rejalari Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Hulusi Akarning faol aralashuvi ortidan barbod bo'lgandi.

Tergovning aniqlashicha, fitnachilar muvaffaqiyat qozongan taqdirda Akar o'z vazifasini bajarishda davom etishi, uning o'rinbosari lavozimini esa general Mehmet Dishli egallashi mumkin edi.

Akin O'zturk oldinroq o'z ko'rsatmalarida Hulusi Akar bilan til biriktirganini ma`lum qilgandi.

Anadolu agentligi sayti tergov jarayonidagi O'zturk isyon tashkilotchiligi bo'yicha ayblovga iqror bo'lgani haqida habar berilgandi. Keyinroq bu habar saytdan olib tashlandi.

16 iyulga o'tar kechasi harbiy isyonchilar Anqara va Istanbulga tanklar bilan kirib, Turkiyada davlat to'ntarishi amalga oshirishga urinishdi. Hukumat halq yordamida bu isyonni bostirdi. Ohirgi ma`lumotlarga ko'ra, qarama-qarshiliklar vaqtida tinch ahol vakillaridan 246 kishi halok bo'lgan, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Isyonchilarning talofatlari hisoblanmagan.

Hukumat muholifat Yetakchisi, AQShda istiqomat qiluvchi ulamo Fathulloh Gulenni isyon ilhomchisi sifatida aybladi.

Isyonning keyingi kunlarida olib borilgan yalpi tozalash tadbirlari davomida harbiylar, politsiyachilar, su'yalar, o'qituvchilar va boshqa davlat hizmatchilari bo'lgan 60 mingdan ortiq kishi Gulenga aloqadorlikda gumon qilinib ishdan haydaldi. Shuningdek, 25 mingga yaqin kishi isyonga aloqadorligi gumon qilinib, qo'lga olindi, ulardan 16 mingdan ortig'i hibs qilingan.

21 iyul' kuni mamlakatda 3 oy muddatga favqulodda vaziyat tartibi kiritildi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн