Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Delta AirLines aviakompaniyasi 500 dan ko'proq reysini bekor qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 64           Дата: 10-08-2016, 11:43          
Delta AirLines aviakompaniyasi 500 dan ko'proq reysini bekor qildi

AQShning Delta AirLines aviakompaniyasi 8 avgustda komp'yuter tizimida yuz bergan nosozliklarni bartaraf etish bo'yicha ishlarning davom etishi sababli 9 avgustda 500 dan ko'proq reysini bekor qildi.

"Delta 530 ga yaqin reysni bekor qildi, 1,6 mingdan ko'proq reys amalga oshirildi, kompaniya parvozlar jadvalini buzgan nosozlikni bartaraf etish bo'yicha faol ishlamoqda", deb aytildi kompaniyada.

Avvalroq kompaniyaning bosh vitse-prezidenti Deyv Holtts 8 avgust kuni mutahassislar "komp'yuter tizimini muammo yuz bergandan keyin bir necha soat ichida tiklashganini" ma`lum qilgandi. Biroq u tizimni normal holatga keltirishning hali iloji bo'lmaganini tan olgan. "Biz normal tartibga qaytish uchun barcha imkoni bor narsani amalga oshirmoqdamiz, reyslarning yangi ushlanishi va bekor qilinishini kutmoqdamiz", deb aytdi Holtts va noqulayliklar uchun yo'lovchilardan uzr so'ragan.
Ohirgi ma`lumotlarga ko'ra, aviakompaniya 8 avgustda butun dunyo bo'ylab 1000 dan ortiq reysini bekor qilishga majbur bo'lgan. 9 avgustda kompaniya reyslari 3 soatdan ko'proq ushlangan yoki bekor qilingan barcha yo'lovchilarga 200 dollarlik vaucherlar berilishini aytgan, bu vaucherlardan kompaniya hizmatlariga haq to'lashda foydalanish mumkin.

Aviakompaniya komp'yuter tizimida nosozlik Atlanta shahrida elektr energiyaning o'chirilishi sababli yuz bergan. Ta`kidlanishicha, aviakompaniyaning muammo yuz bergan vaqtda parvozni amalga oshirayotgan barcha samolyotlaridagi vaziyat me`yorida bo'lgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн