Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OAV: Erdo'g'an Peterburgga tashrifi chog'ida o'zini noqulay his qilgan

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 91           Дата: 10-08-2016, 11:46          
OAV: Erdo'g'an Peterburgga tashrifi chog'ida o'zini noqulay his qilgan

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an Sankt-Peterburgga tashrifi chog'ida "Rossiyada oshkora ravishda o'ziga joy qidirdi", deb yozmoqda Washington Post nashri RF prezidenti Vladimir Putinning turk Yetakchisi bilan o'tkazgan muzokaralari yakuniga bag'ishlangan maqolasida.

Gazeta ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar taranglashganidan so'ng birinchi marta amalga oshirilgan ushbu tashrif, Erdo'g'anning omadsizlikka uchragan davlat to'ntarishidan keyingi ilk horijiy safari ekanini ham ta`kidlagan. Amerikalik jurnalistlarning fikricha, turk Yetakchisi "Rossiyada o'zi uchun qulaylik qidirgan". Umuman, kuzatuvchilar Erdo'g'an hatti-harakatlarida yaqin o'tmishda sodir bo'lgan "Moskvaga nisbatan dushmanona siyosatning tom aksiga guvoh bo'lishgan".

Gazeta o'quvchilar e`tiborini Erdo'g'anning Putinga "mening qadrli do'stim" deb murojaat qilishi hamda "davlat to'ntarishiga urinishdan so'ng, zudlik bilan yordam ko'rsatgani uchun" ko'p marta tashakkur izhor qilganiga qaratgan. Bundan tashqari, nashrning iqtibos keltirishicha, turk Yetakchisi "ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalar inqirozdan oldingi va balki undan ham yuqoriroq darajaga qaytishini" bir necha marotaba ta`kidlagan.

Ayni vaqtda, Washington Post nashriga ko'ra, "ehtimol, muzokaralar G'arbning Turkiya siyosiy yo'nalishi borasida havotirlariga sabab bo'lar, chunki bu Yerda davlat to'ntarishiga urinishdan keyin davlatni boshqarishning avtoritar usullari tobora ko'proq kuzatilmoqda".

Ayni chog'da, Putin va Erdo'g'an, Rossiya bombardimonchi samolyotining urib tushirilganidan so'ng, birinchi marta uchrashayotganlari bois, "oliy darajadagi muzokaralar natijalariga ta`sir etishi mumkin bo'lgan mavzularni muhokama qilishmagan".

Gazeta shuningdek, Vashington Yaqin sharq institutining Turkiya dasturi rahbari Soner Chag'aptoyning qarashini ham keltiradi. U, Putin va Erdo'g'anning uchrashuviga katta ahamiyat qaratgan. Uning fikricha, rasmiy Anqaraning tashqi siyosati "hozirda ikki yo'l boshida turibdi". Chag'aptoyning aytishicha, "so'nggi vaqtlarda ilk marotaba Turkiyaning NATOga a`zoligi borasida jiddiy munozaralar bo'lib o'tmoqda", mamlakatdagi ko'plab rasmiy shahslar, Turkiya haqiqatdan ham Rossiya bilan yaqinlashadimi?, degan savolni muhokama etmoqda. Ekspertning ta`kidlashicha, Erdo'g'an "bunday keskin burilishni osongina amalga oshira oladi".

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031