Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Erdo'g'an Putin bilan uchrashish uchun Sankt-Peterburgga keldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 149           Дата: 9-08-2016, 22:21          
Erdo'g'an Putin bilan uchrashish uchun Sankt-Peterburgga keldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an Sankt-Peterburgga keldi. U bugun bu shaharda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o'tkazadi. Ikki siyosatchining uchrashuvi shahardagi Konstantin saroyi hududidagi grek mehmonhonasida bo'lib o'tadi.

Ikki prezident o'rtasida dastlab tor doirada muzokaralar bo'lib o'tishi belgilangan. Muzokaralar chog'ida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va uning turkiyalik hamkasbi Mavlut Chavusho'g'li, shuningdek Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov hamda Erdo'g'an ma`muriyati bosh kotibi o'rinbosari Ibrohim Kalin ishtirok etadi.

Prezidentlarning uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani, undan keyin ikki tomon delegatsiyasi o'rtasida kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o'tkaziladi.

Qayd etish joiz, bu Erdo'g'anning Turkiyadagi davlat to'ntarishiga urinishdan so'ng birinchi horij safari bo'ldi. Shu bilan birgalikda, bu Putin va Erdo'g'anning 2015 yilning noyabrida Rossiya qiruvchi samolyotining turk harbiylari urib tushirishi ortida Rossiya-Turkiya munosabatlari sovib ketganidan keyingi birinchi uchrashuvi hisoblanadi.

Uchrashuvlarda Turkiya va Rossiya prezidentlari "Rossiya samolyoti urib tushirilgach iqtisodiy munosabatlarda yuzaga kelgan inqiroz oqibatlari", energetika va oziq-ovqat mahsulotlarini Yetkazib berish, turizm, shuningdek, Rossiyada Turkiya qurilish kompaniyalariga nisbatan joriy etilgan cheklovlarni bekor qilish masalalarini ko'rib chiqadi.

Bundan oldinroq rasmiy Anqara "Turk oqimi" gaz quvuri qurilishi bo'yicha ishlarni tiklashga tayyorligi haqida ma`lum qilgandi.

17 iyul' kuni ikki siyosatchi o'rtasida telefon muloqoti o'tkazilgandi. Muloqot vaqtida Putin Turkiyadagi isyonni qattiq qoralagan va rasmiy Moskva konstitutsiyaga zid harakatlarga qarshi ekanini qayd etgandi.

Rossiya va Turkiya munosabatlari 2015 yilning noyabrida Suriya osmonidagi Su-24 samolyoti urib tushirilgach sovuqlashgandi.

Putin bu hodisani "ortdan berilgan zarba" deya baholagandi.

Bu voqeadan 7 oy o'tib, 2016 yilning iyunida Erdo'g'an bu ish uchun Putindan uzr so'ragani ma`lum qilindi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031