Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

IShID safiga jangarilarni Yetkazib berishda ayblangan 70 yoshli rossiyalik nafaqaho'r 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 80           Дата: 9-08-2016, 11:29          
IShID safiga jangarilarni Yetkazib berishda ayblangan 70 yoshli rossiyalik nafaqaho'r 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

27 iyul' kuni Nijniy Novgorod sudi 70 yoshli nafaqaho'rga 5,5 yillik qamoq jazosini tayinladi. U o'z uyida ijaraga turuvchilarni IShID safiga jo'natganlikda ayblandi. «Mediazona» nashri mazkur ish yuzasidan batafsil ma`lumotlarni taqdim etdi.

Nimada ayblashdi

2016 yilning 11 martida Nijniy Novgorodda istiqomat qiluvchi 70 yoshli Tagir Hasanovning honadoniga FQB hodimlari kelishgan. Nafaqaho'rning boshiga halta kiydirib, uning uyini tintishgan.

Havfsizlik hodimlari Hasanovning oldiga kelishiga 2014 yilda Suriyaga ketib, IShID safiga qo'shilgan ingushetiyalik Bogdan Umarovga aloqadorligi sabab bo'lgan. FQBning ma`lum qilishicha, Umarov Suriyaga 70 yoshli Hasanovning bosimi ostida yo'l olgan, zero u qachonlardir otahonning uyida ijaraga turgan.

Umarovga nisbatan federal qidiruv e`lon qilingan, sobiq ijrachisining uyida esa qidiruv chog'ida diniy adabiyot va 5ta qonga bo'yalgan 7,62 millimetrli kalibr patronlari topilgan. Hasanovni o'sha kunning o'zidayoq qo'lga olishgan, 12 martda esa ikki oyga ozodlikdan mahrum etilgan. U tergovning tugashini mahalliy qamoqhonada kutdi.

Tergov ma`lumotlariga ko'ra, Hasanov 2013 yildan beri jangarilarni jo'natish bilan shug'ullangan. U uyida ijaraga turgan besh yigit bilan yahshilab "ishlagan", ular bilan din haqida suhbatlar olib borgan, shuningdek butun dunyo musulmonlari birlashib, Umumjahon Halifalik tuzishlari kerakligini aytgan. Shu bilan birga ijarachilarga Suriyada bo'layotgan voqealar tushirilgan videolavhalarni ko'rsatgan va ularni "birodarlar" tomonida jang olib borishga da`vat qilgan. Buning natijasida ijarachilardan biri Bogdan Umarov haqiqatdan ham IShID safida jang qilish uchun yo'l olgan.

Yangi jangchini jo'natgan Hasanov tahminan yana yarim yil u bilan qo'ng'iroqlashib, uning qarorini har jihatdan qo'llab-quvvatlagan.

Tergovchilarning ma`lum qilishicha, Hasanov uning uyida yashovchi o'zbekistonlik TursunboYev, Dehqonov, Ro'ziYev va Jumaniyozovni ham Suriyaga jo'natishga uringan, ularga ingushetiyalik Umarovni ibrat qilib ko'rsatgan.

Guvohlar nima deydi

Suriyaga ketgan Umarovning sobiq ma`shuqasi nafaqaho'rga qarshi ko'rsatma bergan. U o'zi bilan birga yashagan Umarovning 2013 yilda nafaqaho'r bilan tanishganidan so'ng kamgap, dindor bo'lib qolganini hamda o'zini Abdulloh deb atashni boshlaganini so'zlab bergan. 2014 yilning 14 noyabrida u Moskva aeroportidan qo'ng'iroq qilgan va Nijniy Novgorodga boshqa qaytmasligini aytgan.

Tergov paytida ayol sevgilisini izlab, Hasanov bilan uchrashgani, u esa ayoldan qidiruvni to'htatishni talab qilib, Umarov uning maslahati bilan shahid bo'lganini so'zlab berdi.

Biroq sudda jangarining sobiq ma`shuqasi ko'rsatmalarini o'zgartirdi va nafaqaho'r bilan haqiqatda uchrashgani, ammo u Umarovning "har baloni o'qib", Suriyaga ketib qolganini ma`lum qilganini aytadi.

Umarov keyinchalik sobiq sevgilisi bilan aloqaga chiqqan, u jangarilar tomonida kurash olib borayotganini aytgan, lekin otahonning bosimi ostida ketganligiga doir hech narsa demagan.

Nafaqaho'rning boshqa bir ijarachisi - Jumaniyozov tergovchilarga Hasanov uni ham IShID safiga qo'shilishga chorlaganini aytgan. Biroq Hasanovning huquq himoyachisi aytishicha, havfsizlik hodimlari guvohning ko'rsatmasini o'zgartirib ko'rsatishgan.

Hasanov yigitlarni jangarilarga qo'shmoqchi bo'lgani to'g'risida yana bir ijarachi - TursunboYev ko'rsatma bergan. Sudda u tarjimon orqali ko'rsatma bergan, sudlanuvchining advokati esa TursunboYevning rus tilini bilmasligini, shu sababli ham tatar millatiga mansub Hasanov uni jangarilar safiga da`vat qila olmasligini aytgan, chunki u ham o'zbekchani bilmasdi, ahir.

Yana ikki ijarachi ham tergov jarayonida Hasanovga qarshi ko'rsatma berishgan, ammo migratsiya qonunchiligini buzishgani bois deportatsiya qilinib, sudda ishtirok eta olishmagan.

Hasanovning advokati guvohlar haqiqatda nafaqaho'rning uyida ijarada turganini tasdiqladi, biroq u yigitlar bilan deyarli muloqot qilmagani, chunki ijarachilar doim ishda bo'lishgani, shu bois jangarilar safiga chorlash haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emasligini aytgan.

Qo'shnilar va qarindoshlar nima deydi

Nafaqaho'rning qarindoshlari va qo'shnilari uning aybdorligiga ishonishmaydi. Qo'shnilardan biri nafaqaho'r Aleksandr Balakin Hasanovni ruhan qo'llab-quvvatlash uchun sud majlislariga muntazam qatnagan. U sudga tergovchilar ustidan arz qilib, ularning nafaqaho'rga bosim o'tkazish va tahdid qilishga urinishganini, shuningdek Hasanovning tilga olmagan so'zlarini bayonotga qo'shishganini aytdi.

Hasanovning boshqa qo'shnilari ham unga ijobiy tavsif berishgan hamda uning hech qachon diniy mavzuda gap ochmaganini, butun mahalla uning taqdiridan havotirda ekanligini ma`lum qilishgan.

Tergovchilar Suriyaga ketgan Umarovning qarindoshlarini ham so'roq qilishgan. Ularning so'zlariga ko'ra, Bogdan so'nggi 5 yil davomida jangarilarga qo'shilishga doir suhbatlar qurgan. Hasanovning advokati aytishicha, nafaqaho'r emas, aynan Umarovning o'zi qo'shnilarni IShID safiga chorlash bilan shug'ullangan.

Sud qanday qarorga keldi

Manbaga ko'ra, sud nafaqaho'r patronlarni kimdan sotib olgani va nima uchun ular qonga belangan bo'lganligiga hech qanday izoh topa olmadi. Biroq guvohlarning nafaqaho'rga tuhmat qilishdan hech qanday naf ko'rmasligini yahshi bilgan.

Hasanov yigitlarni jangarilar safiga jo'natishga doir ayblovlarni inkor qilib, patronlarni qidiruv paytida tergovchilarning o'zi tashlab qo'yganligini tahmin qildi. Shunga qaramay, sud Hasanovni aybdor deb topib, uni 5,5 yilga umumiy tartibli qamoqhona jazosini o'tashga hukm qildi.

Advokatning so'zlariga ko'ra, u hukm ustidan shikoyat qilib, Hasanovga eng kam muddat belgilanishini talab qilmoqchi. Himoyachi nafaqaho'rni to'liq aybsiz deb topishlarinii istashini bildirgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн