Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Londondagi klublardan birida yirik yong'in chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 62           Дата: 9-08-2016, 11:25          
Londondagi klublardan birida yirik yong'in chiqdi

8 avgustda Londonning Grinvich tumanidagi tungi klubda yirik yong'in chiqdi. O't o'chirish hizmatiga soat 11.30 larda yong'in haqida 40 dan ortiq habar kelib tushgan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari shaharning barcha burchaklaridan ko'rinayotgan qora tutun haqida habarlar berganlar. "Grinvichdagi 338-studiyada yirik yong'in chiqqan. Umid qilamanki, hech kim jabrlanmagan", deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Yong'inni o'chirishda 15 ta o't o'chirish mashinasi va 100 ga yaqin o't o'chiruvchilar qatnashgan. Avariya-qutqaruv hizmatlari yong'in chiqqan joydagi yo'llarni to'sib qo'yishgan, haydovchilar havf haqida ogohlantirilganlar. Binodan bir kishi olib chiqilgan. U kuyish jarohatlari olgan.

O't o'chiruvchilar yong'inni bartaraf etishgan, biroq tutun hidi Grinvichga yaqin ko'plab tumanlarda sezilib turgan. Yaqin atrofda yashovchi aholiga uylari oynalarini yopib qo'yish tavsiya qilingan.

Avvalroq 5 avgustda Frantsiyaning Ruan shahridagi barlardan birida ko'p sonli qurbonlarga olib kelgan yirik yong'in chiqqani ma`lum qilingandi. Keyinroq ma`lum bo'lishicha, yong'inga ofitsiantning e`tiborsizligi sabab bo'lgan. U shamlari yoqilgan tortni olib chiqayotganda qoqilib yiqilib tushgan. Natijada shamlardagi olov pardalarga, keyin esa poliesterol materialidan ishlangan shipga o'tgan. Kechadagi ba`zi mehmonlar poliesterol chiqaradigan zaharli gazdan, ba`zilari esa olovdan halok bo'lganlar.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031