Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Tailandning yangi konstitutsiyasi mamlakatning demokratik boshqaruvga o'tishini anglatadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 79           Дата: 8-08-2016, 21:44          
Tailandning yangi konstitutsiyasi mamlakatning demokratik boshqaruvga o'tishini anglatadi

Tailandda 7 avgust kuni mamlakat yangi konstitutsiyasiga bag'ishlangan referendum bo'lib o'tdi. Tarqatilgan habarlarga qaraganda, referendumda yangi konstitutsiya loyihasi ma`qullangan. Asosiy qonun kuchga kirishi uchun hukumat bir necha oy davomida qator ishlarni amalga oshirishi kerak bo'ladi. Shu tariqa Tailandda 1932 yilda yuz bergan demokratik inqilobdan beri o'tgan 84 yillik davr mobaynida yigirmanchi konstitutsiya qabul qilindi. Yangi Konstitutsiya 16 ta bo'lim va 279 ta moddadan iborat. Asosiy qonunning Tailand jamiyatida bir necha yillardan beri davom etayotgan siyosiy nizolarga barham berishi kutilmoqda. Tailandda davom etayotgan siyosiy inqirozga barham berish maqsadida 2014 yilning 22 may kuni harbiy to'ntarish yuz berib, Muvvaqat konstitutsiya qabul qilingan edi.

Referendum ishtirokchilari ikkita savolga o'z munosabatlarini bildirishlari kerak edi. Saylovchilar “Mamlakatning doimiy konstitutsiyasini qo'llab-quvvatlaysizmi?” va “Mamlakat bosh vaziri yaqin besh yillik muddatga, avvalgidek quyi palata tomonidan emas, balki parlamentning har ikki palatasining qo'shma majlisida saylanishiga rozimisiz”, degan savollarga javob berishlari kerak edi. Birinchi masala bo'yicha referendumda ishtirok etganlarning 61,4 foizi ijobiy javob bergan. 38,6 foiz saylovchi esa qarshi chiqqan. Referendumga qo'yilgan ikkinchi masala yuzasidan 58 foiz saylovchi bosh vazir parlamentda saylanishi kerakligini qo'llab-quvvatlagan bo'lsa, 42 foizi qarshi ovoz bergan. Markaziy saylov komissiyasi raisi Suphachay Somcharenning aytishicha, referendumda ovoz berish huquqiga ega bo'lgan saylovchilarning 55 foizi ishtirok etdi. U yakuniy natijalar 9 avgustda rasman e`lon qilinishini bildirdi. Biroq tahlilchilar natijalar deyarli o'zgarmay qolishini aytishmoqda.

Yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi 2017 yilda Tailandda demokratik saylovlar uchun yo'l ochadi. Saylovlar kelasi yilning ikkinchi yarmida bo'lib o'tadi. Bu degani 2014 yilda bo'lib o'tgan harbiy to'ntarishdan keyin mamlakatning demokratik boshqaruvga o'tishini anglatadi.

Eslatib o'tamiz, yangi konstitutsiya harbiylar tomonidan tayinlangan konstitutsiyaviy komissiya tomonidan ishlab chiqildi. Asosiy qonun matni qator siyosatchi va muholifatchilar tomonidan tanqid qilindi. Biroq muholifat kuchlari refrendum natijalarini tan olishlari yuzasidan bayonot berishdi. Loyihaga qarshilarning fikricha, konstitutsiyada siyosiy qaror qabul qilishda harbiylarga katta o'rin berilgan.

Ammo konstitutsiya ijodkorlari liberal demokratiya qoidalaridan biroz chekinilgan holda milliy birlik ta`minlanishi va keskin siyosiy nizolarning oldi olinishini aytishmoqda. Konstitutsiyaga ko'ra, vakolatlari kengaytirilgan Senat a`zolari saylanmaydi, balki tayinlanadi. Hukumatning fikricha, Tailand yangi konstitutsiyasi barqarorlikni mustahkamlaydi va hukumat tuzumlari javobgarligini ta`minlaydi. Tailandda shu kunga qadar bosh vazir lavozimiga umumiy saylovlarda g'alaba qozongan partiya vakili quyi palatada tayinlanardi. Endi esa parlamentning qo'shma sessiyasida bosh vazir saylanadi. Konstitutsiyada hukumat faoliyati va davlat boshqaruvi ustidan nazorat masalalari ham belgilab qo'yilgan. Bu degani boshqaruv harbiylar va ularning tarafdorlari qo'lida qolishini anglatadi.

Endilikda 194 nafar senatorlar hukmron Harbiy Kengash tomonidan tayinlanadi. 50 nafar senator esa 20 ta siyosiy birlashma tomonidan saylanadi. Qolgan 6 nafari esa Qurolli kuchlar va milliy politsiya vakillaridan iborat bo'ladi. Bundan avval senat a`zolarining teng yarmi tayinlanib, qolgan yarmi aholi tomonidan saylanardi.

“Aholining yangi konstitutsiya loyihasini qo'llab-quvvatlashi asosiy qonun sekinlik bilan demokratik boshqaruv yo'liga o'tishiga hizmat qilishini anglatadi”, dedi Tailand komissiyasi raisi Michay Ruchuphan. Uning aytishicha, konstitutsiya uchun berilgan har bir ovoz juda ham ahamiyatlidir.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Suphachay Somcharen ovoz berish jarayonlari yuzasidan hisobot berdi.

Milliy politsiya ma`lumotlariga ko'ra, referendum vaqtida jiddiy qonun buzilishlari qayd qilinmadi. Byulletenlarni yaroqsiz holatga keltirgani uchun 21 kishi hibsga olindi. To'g'rirog'i, byulleten' rangi ikki hil bo'lgani bois, ayrim saylovchilar “ularni yirtib, bittasini qutiga tashlash kerak”, degan hayolga borishgan. Referendumdan avval ijtimoiy tarmoqlarda ovoz berishga qarshi chiqqan 10dan ortiq kishi qo'lga olingan edi. Ular hukumatni tanqid qilganlari bois 10 yilga ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin.

Sharofiddin To'laganov

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн