Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

FT: G'arb Putin va Erdo'g'anning uchrashuvidan havotirda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 182           Дата: 8-08-2016, 12:13          
FT: G'arb Putin va Erdo'g'anning uchrashuvidan havotirda

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an ertaga 9-avgust kuni, harbiy davlat to'ntarishiga urinishdan keyingi ilk horijiy safarini amalga oshiradi. Biroq, muzokaralar NATOdagi ittifoqchilar bilan emas, balki Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadi, deb yozmoqda Financial Times.

Ayni vaqtda, g'arb va Rossiya harbiy isyondan foydalanib, mamlakatda tozalash ishlarini avj oldirib yuborgan Erdo'g'anni diqqat bilan kuzatmoqda. Shu boisdan ham, ikki davlat Yetakchilarining Sankt-Peterburgdagi uchrashuvi keng geosiyosiy ahamiyat kasb etadi.

Moskva va Anqara bir qator turli muammolar, hususan «G'arbga dars berish ilinjida» hamda mintaqaviy havfsizlikni ta`minlash borasida umumiy manfaatlarini birlashtirmoqda, deya fikr yuritadi nashr. Bundan tashqari, Turkiya amalga oshmay qolgan davlat to'ntarishidan so'ng, Rossiyaning so'zsiz qo'llab-quvvatlashini olqishlamoqda. Bu esa, Anqaraning Vashingtonga nisbatan munozarali munosabatiga oydinlik kiritadi.

«Bizning AQSh bilan aloqalarimiz so'nggi 50 yildagi eng murakkab vaziyatni boshidan kechirmoqda. Bu esa, so'zsiz Rossiya bilan do'stligimiz istiqbolini jozibador qiladi», — degan Moskvadagi nomini oshkor qilmagan turkiyalik diplomat nashrga bergan intevr'yusida.

Biroq, deb yozadi gazeta, turk siyosatchilari AQSh bilan aloqalariga barham berib, Rossiya bilan ittifoq tuzish niyatida emasliklarini ta`kidlashadi. Ularning so'zlariga ko'ra, Vashington va Anqara aloqalari bundan avval, hozirgidan ham ko'ra jiddiyroq muammolarga duch kelgan. Turkiyaning 1974-yili Kiprga bostirib kirishi, 2003-yili Iroqqa amalga oshirilgan hujum chog'ida Amerika qo'shinlariga o'z hududidan foydalanishga ruhsat bermasligi, Saddam Husayn boshqaruvi davrida iroqlik kurdlarga AQSh tomonidan yordam berilishi, bundan tashqari yaqin-yaqingacha IShIDga qarshi kurashayotgan kurdlarga harbiy yordam ko'rsatilishi shular jumlasidan.

Biroq, diplomatlar boshqa narsadan havotirdalar. Ularning fikricha, rasmiy Anqara Rossiyadan Suriya borasida g'arbga bosim o'tkazish vositasi sifatida foydalanishi mumkin. Hususan, Turkiya Bashar Asad tuzumini tanqid qilishni kamaytirishi va Moskvaning Asad hokimiyati Suriya suvereninetining kafolati, degan qarashini ma`qullashi ehtimol. Bunga javoban, Turkiya suriyalik kurdlar borasida Moskvaning qo'llab-quvvatlashiga umid qila oladi.

Shunga qaramay, FT nashrining hulosa qilishicha, mintaqaviy masalalar bo'yicha umumiy qarashlar bo'lsa-da, Moskva va Anqaraning rasmiy vakillari Putin-Erdo'g'an uchrashuvining nihoyasini oldindan bashorat qilishga jur`at eta olishmayapti.

Avvalroq, Erdo'g'an Putin bilan bo'lajak muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochishini aytgan edi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031