Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Assanj: “Saudiyaliklar Klintonlar jamg'armasining yirik homiylari bo'lishi mumkin”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 88           Дата: 6-08-2016, 21:38          
Assanj: “Saudiyaliklar Klintonlar jamg'armasining yirik homiylari bo'lishi mumkin”

Saudiya Arabistoni Klintonlar oilasi tashkil etgan Clinton Foundation jamg'armasining yirik homiylaridan biri bo'lishi mumkin, deb hisoblamoqda WikiLeaks asoschisi Julian Assanj.

"Saudiya Arabistoni va Hillari Klinton, Saudiya podshohligi va Klintonlar jamg'armasi o'rtasidagi munosabatlar ko'lami shunchalik kengki, ehtimol, Saudiya Arabistoni podshohligi Klintonlar jamg'armasining alohida olingan homiysidir. Ahir, Klinton honim davlat kotibasi bo'lgan vaqtda, qurol-yarog'lar eksporti sohasida qanday siyosat yuritganini yodga olish kifoya. U, Saudiya Arabistoniga juda ham yon bosgan edi", — deb bayonot bergan Assanj RT telekanaliga bergan interv'yusida.

WikiLeaks asoschisi shuningdek, Klintonlar jamg'armasi homiylaridan biri, "Lafarj" qurilish materiallari ishlab chiqaruvchisi IShID terrorchi guruhi hisobiga mablag' o'tkazgani to'g'risida frantsuz matbuotida paydo bo'lgan habarlarga asoslanib, "Lafarj" kompaniyasi "Suriya mojarosiga aralashib qolgan"ini qayd etdi.

"Frantsiyaning Le Monde nashri o'tkazgan tekshiruvlar shuni ko'rsatdiki, kompaniya Suriyaning ayrim tumanlarida faoliyat yuritish uchun IShIDga “o'ziga hos haq” berib turgan. Aytish mumkinki, terrorchilar bilan turli tijoriy bitimlar tuzilgan. Yaqinginada, 2015-2016 yillarda "Lafarj" Klintonlar jamg'armasiga ham pul o'tkazgani yahshi ma`lum", — deb hikoya qilgan Assanj.

Assanjning izoh berishicha, Hillari Klinton bilan "Lafarj" kompaniyasini "uzoq aloqalar" bog'lab turadi, hususan bir paytlar Hillari kompaniya direktorlar kengashi a`zosi ham bo'lgan.

WikiLeaks asoschisining ta`kidlashicha, avvalroq uning sayti Suriya bilan bog'liq 2 mingga yaqin elektron maktublarni e`lon qilgan, ularning 350dan ortig'i ayni kompaniyaga aloqador bo'lgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн