Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Davlat to'ntarishi raqamlarda: Erdo'g'anni ag'darishga urinish Turkiyaga qanchaga tushdi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 99           Дата: 5-08-2016, 21:45          
Davlat to'ntarishi raqamlarda: Erdo'g'anni ag'darishga urinish Turkiyaga qanchaga tushdi?

3 hafta avval, 16-iyul' kuni Turkiyada amalga oshirilgan davlat to'ntarishiga urinish mamlakatga qanchaga tushganiga Rossiyaning RIA Novosti agentligi oydinlik kiritishga harakat qilib ko'rdi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anga qarshi isyon yuzlab odamlarning o'limiga sabab bo'ldi. Moliyaviy zararlar esa milliardlab dollarni tashkil etmoqda. Isyonning yana bir katta talofati kadrlar masalasidir. G'arazg'o'ylarning asosiy makoni hisoblangan armiyadan tortib boshqa barcha ma`muriyatlarda ham
tozalash ishlari o'tkazilmoqda.

Turkiya hukumati ma`lumotlariga harbiy isyonda 246 nafar fuqaro halok bo'lgan. Ikki mingdan ortiq odam jarohatlangan. Qayd etish lozimki, davlat to'ntarishi tashkilotchilari tomonida halok bo'lganlar bu hisobga kiritilgani yo'q.

Mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar Yetgan. "Agar biz barcha samolyotlar, vertolyotlar, qurollar, bombalar va (vayron bo'lgan) binolarni hisoblasak, ularning tannarhi kamida 300 milliard lir (100 milliard dollar) bo'lsa kerak", — degan Turkiya savdo va bojhona vaziri Bulent Tufenkchi.

Turkiyada davlat to'ntarishiga urinishdan so'ng, hibsga olishlar to'lqini boshlanib ketdi. Iyul' oyi ohiriga ko'ra, ushlanganlarning soni 25 mingdan ortiq ketgan. IIV Efkan Alining so'zlariga ko'ra, isyondan so'ng 26 mingga yaqin kishi ushlangan, deb habar qilgan Anadolu agentligi. Ulardan 10 mingga yaqini hibsda saqlanmoqda.

Bundan tashqari, mamlakat hukumati ko'rsatmasi bilan, 74562 kishining pasporti bekor qilingan. Ular endilikda mamlakatni tark eta olishmaydi.
Generallar safi esa, teng yarmiga tozalangan. Harbiy isyondan so'ng, 163 general va admiral qo'lga olingan — ular umumiy harbiy mulozimlarning yarmini tashkil etadi. Umuman, Resmi Gazete nashriga ko'ra, 1684 nafar ofitser vazifasidan ozod etilgan.

Aytish joizki, Turkiya armiyasi yirikligi bo'yicha NATOda ikkinchi, Yevropada birgina Rossiyadan keyingi o'rinda turadi. 2014-yilgi ma`lumotga ko'ra, uning safida 610 ming kishi bo'lgan. Undan keyin keluvchi Frantsiya va Britaniya armiyasida harbiy hizmatchilar soni 3 baravar kamdir.

Umuman, mamlakat bosh vaziri Binali Yildirimning so'zlariga ko'ra, davlat to'ntarishiga oid surishtiruv ishlari doirasida 58611 kishi vazifasidan ozod etilgan. Anadolu agentligi bu borada 66 mingdan ortiq kishi degan raqamni keltiradi. Eng ko'p ishidan mahrum bo'lganlar ta`lim sohasiga to'g'ri keladi. 43 mingga yaqin kishi. Bundan tashqari, 1669 ta ta`lim muassasasi va turarjoylarni yopish to'g'risida ko'rsatma berilgan, deb habar qilgan edi Haberturk telekanali.

IIV safidan 8,8 ming hodim, sog'liqni saqlash sohasidan 5,6 ming hizmatchi, moliya vazirligidan 1,5 ming kishi vazifasidan ozod etilgan. Din ishlari qo'mitasining 1,1 ming nafar hodimi ishdan bo'shatilgan. Mudofaa, energetika, ijtimoiy himoya, qishloq ho'jaligi, transport vazirliklarining har biridan mingga yaqin hodimlar haydalgan. Turkiya TIVning 88 nafar hizmatchisi ham shular qatori boshqa ish qidirishga majbur bo'lmoqda.

Isyonga urinish OAV safida ham keng qamrovli tozalash ishlari o'tkazishga olib keldi. Turkiya hukumati 3ta ahborot agentligini yopishga buyruq bergan, 16 telekanal, 23 ta radiostantsiya, 45ta gazeta va 15ta jurnalning ham faoliyati to'htatildi. 20 dan ortiq yangiliklar saytiga kirish to'sib qo'yilgan, 29 nashriyotning litsenziyasi bekor qilingan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн