Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQSh Markaziy Osiyodagi 5 ta loyihaga 15 mln dollar ajratadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 68           Дата: 5-08-2016, 21:35          
AQSh Markaziy Osiyodagi 5 ta loyihaga 15 mln dollar ajratadi

Markaziy Osiyoning 5 davlati tashqi ishlar vazirlari va AQSh Davlat kotibi 3 avgustda Vashingtonda o'tgan "S5+1" formatidagi yig'ilishda AQSh 15 mln dollar ajratadigan 5 ta loyihani boshlash haqida kelishib oldilar. Bu haqda AQShning O'zbekistondagi elchihonasi matbuot hizmati ma`lum qildi.

Havfsizlikni yahshilash, iqtisodiy hamkorlikka ko'mak berish, iqlim o'zgarishlariga barqarorlikni oshirish bo'yicha hududiy loyihalarni ishlab chiqish qarori vazirlarning o'tgan yil noyabrda Samarqanddagi uchrashuvida qabul qilingandi.

"C5+1" formati o'zidan Markaziy Osiyoning 5 ta davlati va AQShni o'zaro manfaatli masalalarni muhokama qilish uchun birlashtiradigan maydonni namoyon qiladi.

Quyida ushbu 5 ta loyiha ro'yhati keltirilgan.

1. Global aksilterrorchilik forumi mintaqaviy suhbati (GCTF). GCTF mintaqaviy suhbatining vazifasi Markaziy Osiyoda horijiy terrorchilarning tajovuzlari va zo'ravonlikning radikallashuviga qarshi turishdir. Suhbatda Markaziy Osiyo va boshqa davlatlardan siyosatchi va mutahassislar horijiy terrorchi jangarilarning tahdidlari, radikallashuv, jangarilarning ketishi va qaytishiga qarshi kurashish mintaqaviy usullari va bundagi ilg'or tajriba bo'yicha fikr almashadilar.

2. Markaziy Osiyo biznesining raqobatbardoshligi (CABC). CABC loyihasining vazifasi Markaziy Osiyodagi korhonalar uchun eksportni oshirish va yangi bozorlarga chiqishni Yengillashtirishdan iborat. Loyiha dastlab kuchli eksport salohiyatiga ega bo'lgan bog'dorchilik tarmoqlariga yo'naltiriladi. Loyiha ishtirokchilari kompaniyalar bilan ularning raqobatbardoshligini oshirish va global ishlab chiqarish-sotish zanjirlarida ishtirok etishi ustida ishlaydilar. Ular shuningdek hukumatlar va savdo ustidan nazorat olib boruvchi idoralar bilan, mahsulotlar eksportini Yengillashtiruvchi siyosatni yaratish ustida ishlaydilar.

3. Transport yo'lagini yaratish (TCD). TCD loyihasidan maqsad mahsulotlarni Markaziy Osiyo davlatlari chegaralari orqali harakatlanishi narhi va vaqtini kamaytirish hamda butun mintaqa bo'ylab transport-logistika hizmatlari sifatini yahshilashdan iborat. Loyiha ishtirokchilari korhonalar, savdoni nazorat qiluvchi idoralar va hukumatlar bilan muhim yo'laklar bo'ylab savdo uchun notarif to'siqlarni aniqlash va kamaytirish ustida ishlaydilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar transport va logistik firmalar bilan nosamaradorlikni kamaytirish va raqobatbardoshlikni oshirish bo'yicha ishlaydilar. Loyiha korhonlarga aloqalar tarmog'ini kengaytirish imkoniyati, raqobatbardoshlikni qiyosiy tahlil qilish, yo'nalishlarni tuzish malakalari, havo orqali yuk tashishlar tendentsiyalari, muzlatgich transporti bilan tashish, yuklarni konsolidatsiya qilish usullari, logistika markazlarini boshqarish kabi mavzular bo'yicha o'qitish va ahborotni taqdim qiladi.

4. "Kelajak energiyasi" (Power the Future). Bu loyiha energetika tarmog'idagi siyosatni ishlab chiquvchilarga va o'rta bo'g'in hodimlariga Markaziy Osiyoda tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko'lamlarini kengaytirishga yordam beradi. Loyiha tiklanuvchi energiya tarmog'ini rivojlantirishni tezlashtirish uchun tehnik yordam va eng yahshi amerika va halqaro tajribalar bilan almashishni taqdim qiladi. AQSh energetika sohasida strategik rejalashtirish, raqotbardosh haridlar, energiya tarmog'ini joriy qilish, energiyaning tiklanuvchi manbalaridan foydalanish hududlari masalalari bo'yicha o'qitish olib boradi va tehnik yordam bilan ta`minlaydi.

5. Milliy va mintaqaviy moslashuvchan rejalashtirishni qo'llab-quvvatlash. Bu loyihadan maqsad iqlim o'zgarishi asoratlariga moslashuvchanlikni rejalashtirish uchun Markaziy Osiyo davlatlarining salohiyatini oshirishdan iborat. Loyiha ishtirokchilari iqlim o'zgarishlariga moslashuvchanlikning mintaqaviy ustuvorliklari va transchegaraviy muammolarini aniqlash ustida ishlaydilar. Ular shuningdek iqlimshunoslik bo'yicha yuqori sifatli ahborot va tahlilchilarga ega bo'lishni yahshilaydilar. Bundan tashqari, AQSh manfaatdor tomonlarga tehnik yordam ko'rsatadi va rivojlanish maqsadida yordam berish bo'yicha hamkorlari bilan harakatlarini muvofiqlashtiradi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн