Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 564           Дата: 4-08-2016, 21:44          

AQSh prezidenti Barak Obama bugun 4 avgust kuni 55 yoshligini nishonlamoqda. So'nggi 8 yilda u jahonning ham iqtisodiy, ham harbiy jihatdan eng qudratli davlatini boshqarib kelmoqda. Obama prezidentlik lavozimida nimasi bilan hotiralarda muhrlanib qoladi – bu haqida fotojamlanmamizda batafsil.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

1. 2008 yilgi saylovoldi kampaniyasi davomida uncha taniqli bo'lmagan Illinoys shtati senatori Barak Obamaning AQSh prezidenti bo'lishini hech kim kutmagandi. U prezidentlik saylovlarida g'olib bo'lgan birinchi afroamerikalik hisoblanadi.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

2. Otasi keniyalik, onasi amerikalik bo'lgan Barak Obama Havayi shtatida tavallud topgan. Maktabda o'qigan davrida u giyohvand moddalar iste`mol qilgan. Biroq Harvardda o'qishga kirgunga qadar o'zini bosib olgan va ijtimoiy loyihalarni tashkillashtirish tajribasiga ega bo'ldi. Harvardda Obama huquqshunos diplomini olgan.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

3. Barak Obama Rossiya bilan munosabatlarni qayta o'rnatish “g'oya”sini qo'llab-quvvatladi. U 2010 yilda e`lon qilingan. Biroq Moskvada bu g'oya uncha tushunilmadi. Amerika rahbari va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o'rtasidagi munosabatlardan buni payqash qiyin emas – ayniqsa ilk yillarda.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

4. 2009 yilning boshida prezidentlik lavozimini egallagan Obama shu yilning kuz oyidayoq Nobel' mukofotini qo'lga kiritdi. Bu bir qator davlatlarda tushunmovchiliklarni keltirib chiqardi. Shunga qaramay Nobel' qo'mitasining qarorida mantiq bo'lgan. Obama Oq uyga kelishi bilan prezident siyosatda yangi so'z ayta oladigandek va muammoli mintaqalar bilan munosabatga kirisha oladigandek tasavvur uyg'otgan. 2009 yilda bu eng avvalo Yaqin Sharq mamlakatlari edi. Suratda – Barak Obama Oq uyda Minnatdorchilik kunini nishonlamoqda.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

5. AQSh davlat kotibi Hillari Klinton va Obama chin ma`noli ishonchli munosabatlar qura olishmadi. Bu Obamaning birinchi muddati nihoyasiga Yetgach, Klinton prezidentlik jamoasini tark etganidan keyin yaqqol namoyon bo'ldi. Shunday bo'lsa-da, ular hozir birga. Klinton – Demokratik partiyaning Oq uyda hukmronligini saqlab qolishi uchun yagona umidi.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

6. 2008-2012 yillarda Rossiya prezidenti bo'lgan Dmitriy Medvedev Obama bilan chin dildan ishonchli munosabatlar o'rnatmoqchi bo'lgandek tasavvur uyg'otgandi. Bu ikkisi bir-biriga yahshi munosabatda bo'lgan va hattoki 2010 yilda strategik qurollanishni qisqartirish to'g'risida yangi muzokarani imzolashgan. Suratda - Barak Obama va Dmitriy Medvedev Arlingtondagi Ray's Hell Burger restoranidagi nonushta paytida.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

7. Obama prezidentlik qilgan davrda Amerika mahsus hizmati hodimlari tomonidan birinchi raqamli halqaro terrorchi Usama bin Lodinni yo'q qilindi. Biroq AQShning hursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. Bin Lodin va uning “Al-Qoida”si o'rniga IShID paydo bo'ldi. Suratda – Barak Obama, Hillari Klinton va Jo Baydenlar Usama bin Lodinni yo'q qilish operatsiyasini kuzatishmoqda, 1 may 2011 yil.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

8. Obama davlat yoqasiga kelgan ilk paytlarda AQShning haqiqiy pop yulduzi bo'lgan. Uning o'zini tutishi va gapirishi ko'plab amerikaliklarning hurmatini qozongan. Suratda - Barak Obama va pasha quyonchasi o'z tarafdorlari oldiga chiqishgan.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

9. Obamaning “mahfiy quroli” – uning oilasi. O'zini qanday tutishni yahshi biluvchi, oliy ma`lumotli Mishel' Obama AQShning birinchi raqamli honimi roliga juda mos tushdi. Obama juftligining Maliya va Sasha ismli ikki qizi bor. Suratda – Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Barak Obama qizi Sasha bilan vaqtini chog' o'tkazmoqda, 16 avgust 2007 yil.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

10. 2014 yilda Obama Ukrainadagi inqiroz va Qrimning Rossiya tarkibiga kiritilishi AQShni qat`iy va tez harakat qilishga undadi. Na unisi, na bunisini bartaraf etishga muvaffaq bo'linmadi. Vashington Qrimni Ukraina tarkibiga qaytara olmadi, Rossiya esa dunyo barqarorligiga rahna soluvchi eng asosiy tahdidlardan biri sifatida e`tirof etildi. Suratda – Ukraina prezidenti Petro Poroshenko va Barak Obama Oq uyda, 2014 yil.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

11. Ikkinchi muddatga kelib, Obamaning mashhurligi so'na boshladi. Amerikaliklar Obama o'zini qanday to'g'ri tutmasin, u o'zi va`da qilgan Vashingtonning ichki muhitini o'zgartira olmaganiga ishonch hosil qilishdi.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

12. Obamaning Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan bo'lib o'tgan uchrashuvi hissiyotlarga to'laligi bilan ajralib turgan. Obama ilgari Amerikaga egalik qilgan Buyuk Britaniyaga hurmat bajo keltirgan.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

13. Ikki muddatga prezidentlik lavozimini saqlab qolgan Barak Obama kishilar bilan til topishish hususiyatlarini yo'qotmadi. Suratda - AQSh prezidenti Oq uyda bolalarga ertak o'qib bermoqda, 2014 yil.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

14. AQSh va Yevroittifoq o'rtasidagi aloqalar Barak Obama hukmronligi davrida o'zgara boshladi. Vashington Yevropa muammolariga uncha aralashmay qo'ydi. Bu esa AQShning dunyo Yetakchiligini yo'qotayotganidan dalolat berardi. Suratda - AQSh prezidenti Barak Obama va Germaniya kantsleri Angela Merkel' Kemp-Deviddagi G8 sammitida, 2012 yil.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

15. 2016 yilgi saylov kampaniyasi davomida Barak Obama Amerika aholisining ko'nglidan joy olish uchun qo'lidan kelgancha harakat qilmoqda. Suratda - Barak Obama hotini va qizlari bilan boshpanasiz kishilarga Yegulik tarqatmoqda.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

16. AQSh prezidentlari orasida Barak Obama bayram tantanalarini boshqaruvchi eng yahshi boshlovchi bo'lib qoladi. Suratda - Barak Obama qizi Maliya bilan Rojdestvo bayramida .

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

17. Britaniya shahzodasi Uil'yam, prezident Obama va shahzoda Jorj (Uil'yamning o'g'li) Kensington saroyida.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

18. Barak Obamaning ikkinchi muddatga saylanish paytida uning hotini Mishel' ma`lum bir muddat undan-da mashhur bo'lib ketdi. Ko'pchilik Mishelni ham Hillari Klinton taqdiri kutib turibdi, deb hisoblaydi: u kelajakda AQShning navbatdagi prezidenti bo'lishi mumkin. Suratda - AQSh prezidenti Barak Obama va birinchi raqamli honim Mishel' Obama Oq uydagi muhbirlar anjumanida.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

19. Barak Obama Rim papasi Frantsisk AQShga kelganida uni trap oldida shahsan kutib olgan. Bu Oq uy tomonidan ko'rsatilgan yuksak iltifot edi. Biroq prezident va pontifik baribir bir jinslilar huquqi borasida bahslashib qolishdi.

AQSh prezidenti Barak Obama 55 yoshda

20. Ijtimoiy so'rovnomalarga ko'ra, AQShning keyingi prezidenti kim bo'lishidan qat`i nazar, u Obamaning 8 yil oldingi mashhurlik darajasiga erisha olmaydi. Suratda - AQSh prezidenti Barak Obama va Hellouin marosimi ishtirokchisi Oq uy hovlisida.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031