Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hitoy tashqi ishlar vazirligida Hitoy va Rossiya o'rtasida Markaziy Osiyo uchun raqobat bo'lmasligi aytildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 117           Дата: 4-08-2016, 11:45          
Hitoy tashqi ishlar vazirligida Hitoy va Rossiya o'rtasida Markaziy Osiyo uchun raqobat bo'lmasligi aytildi

Hitoy va Rossiya Markaziy Osiyoda raqobatchi bo'lmaydilar, buni Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Buyuk Ipak yo'li iqtisodiy kamarini (BIYIK) rivojlantirishni birlashtirish haqidagi kelishuv ham tasdiqlaydi, deb aytdi Hitoy tashqi ishlar vazirligining Yevropa va Markaziy Osiyo departamenti direktori Guy Tsun`yuy.

"Dunyoda davlatlarimiz orasida do'stona munosabatlarning rivojlanishiga qarshi bo'lgan kuchlar mavjud va ular Hitoy va Rossiya Markaziy Osiyoda raqobatchi bo'ladilar, deb aytmoqdalar", deb aytdi Tsun`yuy jurnalistlarga.

Uning aytishicha, bunday fikrlar Hitoyning Ipak yo'li iqtisodiy kamarini qurish haqidagi taklifidan keyin tez-tez bildirila boshlagan.

"Dalatimiz Yetakchilari o'rtasidagi YeOII va BIYIKni birlashtirish bo'yicha kelishuv halqaro hamjamiyatning bu hato fikrlariga qat`iy javob hisoblanadi. Erishilgan kelishuvlar butun dunyoga Hitoy va Rossiya strategik hamkorlar va yirik davlatlar bo'la turib, nafaqat o'z taraqqiyoti, balki butun Yevrosiyo qit`asi rivoji uchun hamkorlik qilishga qat`iyat va istakka egaligini ko'rsatuvchi javobdir", deb aytdi Tsun`yuy.

Tsun`yuy shuningdek Hitoy va Rossiya o'rtasida mustahkamlanib borayotgan hamkorlik g'arb davlatlarining g'ashiga tegayotgani haqidagi fikrlarga qo'shilmasligini aytdi.

Uning aytishicha, Hitoy va Rossiya o'zining mustaqil tashqi siyosatiga amal qiladi va dunyoning barcha davlatlari bilan hamkorlik kilishga tayyor.

Tsun`yuyning fikricha, ba`zi g'arb davlatlari Rossiyaga nisbatan tahqirlovchi yondashuvni namoyon qilmoqda, Hitoy esa Rossiyani ikkinchi darajali davlat emas, doim yirik davlat hisoblab kelgan.

"Rossiya hozir o'z iqtisodiyotida muammolarga duch kelmoqda, biroq unda hali ham katta zahiralar, mustaqil sanoat bazasi, ilg'or tehnologiyalar mavjud. Rossiyada iqtisodiy rivojlanish uchun katta salohiyat bor. Hozirda dunyo iqtisodiyoti katta muammolarga duch kelayotgan, Rossiya esa uning rivojlanishiga o'z hissasini qo'shishi mumkin bo'lgan paytda, AQSh va Yevropa Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritganini umuman tushunmayman. Ularning maqsadlari nima ekanligini bilmayman", deb aytdi Tsun`yuy.

"Siz Hitoy va Rossiya teng kuchlarga ega emas deb aytdingiz. Mening fikrimcha, bu masalaga atroflicha yondashish kerak. Rossiya muammolarga duch kelayotganiga qaramasdan, Hitoy uni hanuzgacha dunyodagi Yetakchi va nufuzli davlat deb hisoblaydi. Hitoy va Rossiya umumiy kuchlari bo'yicha tengdir", deb o'z so'zlarini yakunladi Tsun`yuy.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031