Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Klintonning prezidentlik saylovlaridagi g'alabasi qaysi kompaniyalarga foyda keltiradi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 332           Дата: 31-07-2016, 22:04          
Klintonning prezidentlik saylovlaridagi g'alabasi qaysi kompaniyalarga foyda keltiradi?

Milliy demokratik konventsiya Hillari Klintonni AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ko'rsatdi. Mamlakat tarihida birinchi marta ayol kishini eng katta partiya qo'llab-quvvatlamoqda va joriy yilning kuz oyida bo'lib o'tadigan saylovlarda u Amerikaning ilk ayol prezidenti bo'lishga harakat qiladi.

Endi Klintonning mavqei rasman tasdiqlangandan keyin uning qarashlari va iqtisodiy platformasi Yetakchi o'rinni egallaydi. Ho'sh, demokratlar partiyasi Yetakchisining ho'jalik, soliq va moliya siyosatidan qaysi kompaniyalar foyda ko'rishadi? Bu javobga hech kim aniq javob bera olmaydi, lekin biroz fikr yuritilsa, quyidagi kompaniyalarning bunday vaziyatda omadi chopishini anglash qiyin emas:

Textron

Klintonning prezidentlik saylovlaridagi g'alabasi qaysi kompaniyalarga foyda keltiradi?

Klinton va Trampning nuqtai nazari ko'p hollarda to'g'ri kelmaydi, biroq mamlakatning mudofaa salohiyatini o'stirish zarurligi masalasida ular bir hil fikrlashadi.

Textron kompaniyasi harbiy va fuqarolik maqsadida foydalaniladigan Yerusti va havo transportini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Bundan tashqari, u ko'plab komponentlarni ishlab chiqaradi. Hammasi bir bo'lib, harbiylarning keng ko'lamli logistik ehtiyojlariga javob beruvchi ajoyib mahsulotlar majmuini tashkil etadi.

Aecom

Klintonning prezidentlik saylovlaridagi g'alabasi qaysi kompaniyalarga foyda keltiradi?

Aecom haqida hech eshitganmisiz? Aksariyat kishilar bu kompaniya to'g'risida bilishmaydi va bu tabiiy hol.

Aecom — asosan infratuzilma loyihalari bilan shug'ullanuvchi qurilish kompaniyasi. Federal hukumat uning eng yirik mijozlaridan biri hisoblanadi, Hillari Klinton prezident etib saylanganidan keyin esa buyurtmalar yanada ko'payadi - uning saylovoldi platformasi Amerika uchun zarur bo'lgan yo'llar, ko'priklar va kommunal hizmatlar modernizatsiyasiga asoslangan.

Fikrlash uchun ma`lumot: Klinton AQSh infratuzilmasi rivoji uchun 275 milliard dollar ajratishni va`da qilmoqda. Bu Amerika tarihidagi eng yirik infratuzilma loyihasi bo'ladi. Aecom bundan faqat daromad ko'radi. Kompaniya nafaqat yo'llar, shosse va tunnellarni qayta ta`mirlash bilan shug'ullanadi, balki bulardan boshqa katta loyihalarda ham ishtirok etadi.

Community Health Systems

Klintonning prezidentlik saylovlaridagi g'alabasi qaysi kompaniyalarga foyda keltiradi?

Donal'd Tramp va Hillari Klintonning mamlakat mudofaasi masalasida fikrlari bir joydan chiqqan bo'lsa-da, ularning sog'liqni saqlash sohasida federal hukumatning roliga bo'lgan munosabatlari keskin farq qiladi. Tramp Obamacare nomi bilan tanilgan AQShning Sog'liqni saqlash islohoti to'g'risidagi qonunni bekor qilmoqchi. Klinton esa sug'urtalangan shahslar sonini ko'paytirish tarafdori. Sog'liqni saqlash tizimi tomonidan sug'urtalanish imkoni bo'lmagan 30 million aholi nihoyat sug'urtalanish huquqini qo'lga kiritadi.

First Solar

Klintonning prezidentlik saylovlaridagi g'alabasi qaysi kompaniyalarga foyda keltiradi?

Barak Obama Amerikani qazib olinadigan energiya manbalaridan qayta tiklanadigan va ekologik toza manbalarga o'tkazishga harakat qilgan. Uning prezident lavozimida faoliyat ko'rsatgan davrida elektr energiyasida ko'mirning ulushi 48 foizdan (2008 yildan) 33 foizga (2015 yilgacha) pasaydi. Qayta tiklanuvchi manbalar esa - aksincha, mamlakatdagi 7 foiz elektr energiyasi uchun mas`uliyatni o'z zimmasiga oldi (taqqoslash uchun 2008 yilda bu ko'rsatkich 3,5 foizdan iborat bo'lgan).

O'z navbatida, Hillari Klinton ham ekologiyaga minimal ta`sir o'tkazish tarafdori. U ko'proq quyosh energiyasini faollashtirmoqchi. Klinton prezident bo'lsa, bu quyosh panellarini ishlab chiqaruvchilarni quvontiradi. U 2020 yilga borib, ularning sonini 500 millionga chiqarishga va`da berdi, bu esa hozirgi holatdan 7 barobar ko'p, demakdir. Boshqacha qilib aytganda, u g'alaba qozonsa, quyosh panellarining yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblangan First Solar korporatsiyasi katta foyda ko'radi.

Procter & Gamble

Klintonning prezidentlik saylovlaridagi g'alabasi qaysi kompaniyalarga foyda keltiradi?

Ba`zilar iste`molchi mahsulotlarga doim investitsiya qilish mumkin, deb aytishi mumkin, ahir odamlar doim Yeb-ichishadi va yuvinishadi. Biroq Procter & Gamble kabi yirik sektor vakillari Klintonning g'alabasidan foyda ko'rishi muqarrar, bu dollarning kursiga bog'liq. Ekspertlarning izohlashicha, ikki nomzodning orasidan Klinton dollarni kamroq himoya qiladi. Hozirda Amerika valyutasi eksportchilar uchun juda yuqori hisoblanadi. Shuningdek Klinton erkin savdoni yoqlaydi. Dollarning kuchi Procter & Gamble uchun doim bosh og'riq bo'lib kelgan; kompaniya daromadining 60 foizi horijga to'g'ri keladi. Agar dollar kursi bu qadar baland bo'lmaganida, kompaniyaning daromadi sezilarli ravishda o'sayotgan bo'lar edi.

Smith & Wesson

Klintonning prezidentlik saylovlaridagi g'alabasi qaysi kompaniyalarga foyda keltiradi?

Bu hazil emas - hattoki qurol olib yurishga qarshi chiquvchi Klinton g'alaba qozongan taqdirda ham Smith & Wesson aktsiyalarini harid qilish kerak. Biroq bitim vaqt tomonidan cheklangan. Demokratlar nomzodi qurol olib yurish haqidagi qonunga o'zgartirish kiritishi mumkin. Bu uni sotib olishni qiyinlashtiradi. Uning tvitterdagi yozuvi ko'p narsadan dalolat beradi: "Agar Kongress qurolli tajovuzkorlik epidemiyasini to'htatmasa, men bunga nisbatan ma`muriy choralar ko'raman". Bu gaplardan Klintonning bu ishga jiddiy kirishganini anglash qiyin emas. Shu bois saylovgacha qurol harid qilishni istaganlar buni tezroq amalga oshirishga harakat qilishadi. Oldindagi bir necha oy yoki yil Smith & Wesson uchun qo'l kelishi ehtimoli katta. Biroq Klinton bilan Smith & Wesson'ning daromadli onlari uzoqqa cho'zilmasligi aniq.

Akorn

Klintonning prezidentlik saylovlaridagi g'alabasi qaysi kompaniyalarga foyda keltiradi?

O'tgan yilning 21 sentyabrida Klinton Twitter'da shunday yozuv qoldirgan: "Dori-darmon preparatlarining bunday keskin o'sishi aqlga sig'maydi. Ertaga men bu bilan kurashga kirishaman". Uning so'zlari butun biotehnologiya sohasi hodimlarini hushyorlikka chaqirdi - Klinton prezident bo'lgan taqdirda, dori preparatlarining oqlanmagan yuqori narhlar davriga nuqta qo'yilishi mumkin. O'shandan beri oddiy tvit butun boshli rejaga aylangan. Unga ko'ra, sog'liqni saqlash dasturi doirasida qimmatbaho dorilar sotib olish o'rniga imkon qadar ularning arzon o'rindoshlari harid qilinadi. Bu esa Akorn'ga omad olib kelishi shubhasiz.

Wal-Mart

Klintonning prezidentlik saylovlaridagi g'alabasi qaysi kompaniyalarga foyda keltiradi?

Oq uyning siyosati Wal-Mart Stores'ning chakana savdosiga qanday ta`sir ko'rsatishi mumkin dersiz? Aslida buning bir necha yo'li bor. Ulardan biri - maoshlarni oshirish istiqboli. Ish haqining minimal hajmini oshirish uchun harakatlar hozirdanoq boshlangan, Klintonning g'alabasidan keyin bu harakatlar yanada kuchayadi. Demokratlar nomzodi eng kam ish haqini soatiga 12 dollargacha ko'tarishni rejalashtirgan. Shunday bo'lgan taqdirda, 35 million amerikalikning maoshi 40-50 foizga ko'payadi. Avval bunday imkoniyati bo'lmagan kishilar Wal-Mart'dan harid qilish imkoniga ega bo'lishadi. Wal-Mart aktsiyalarini sotib olishning yana bir muhim sababi: Klinton hech qachon Amerika kompaniyalarini inqirozga olib keladigan savdo bitimlarini tuzmaydi. Wal-Mart uchun esa bu muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн