Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQSh prezidentligi uchun da`vogarlarning farqlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 184           Дата: 30-07-2016, 12:12          
AQSh prezidentligi uchun da`vogarlarning farqlari

Amerika Qo'shma Shtatlari davlat rahbarligiga saylovlar roppa-rosa yuz kundan so'ng, 8 noyabr' kuni bo'lib o'tadi. Amerikaliklar Demokratik partiyadan nomzodi ilgari surilgan Hillari Klinton va uning raqibi respublikachi milliarder Donal'd Trampdan birini tanlashi lozim bo'ladi. Ularning ikkisi ham o'z vatanlari kelajagi borasida turlicha yondashuv tarafdorlari ekanini saylovoldi kampaniyasining ilk bosqichida oshkor qilib bo'lishdi.

The Wall Street Journal gazetasining qayd etishicha, asosiy nomzodlarning ikkisi ham "saylovchilarga davlatchilik borasida shunchalik ko'p turli qarashlarni taqdim etishmoqdaki, ularni bir-biriga zid deyish to'g'ri bo'lar edi". Shu munosabat bilan, nashr ularning ichki va tashqi siyosatga oid u yoki bu muammoga nisbatan fikrini jamlashga qaror qilgan.

AQSh prezidentligi uchun da`vogarlarning farqlari

"Tramp Rossiya bilan yangi al'yans tashkil etish g'oyasini bildirgan bo'lsa, Klinton honim, Moskva bilan munosabatlarni murakkab deya baholagan. U davlat kotibasi lavozimidan ketishi arafasida prezident Obamaga yozgan memorandumida Rossiya bilan aloqalar eng quyi nuqtasiga Yetganini ta`kidlagandi".

Tramp Hitoy bilan munosabatlar borasida ham ochiq-oydin qarashga ega bo'lib, "rasmiy Pekinni o'zining saylovoldi kampaniyasi boshidan beri tanqid qilib keladi. Trampning fikricha, aynan Hitoy AQShning ayniqsa iqtisodiyot sohasidagi asosiy raqibi hisoblanadi", -deb yozadi The Wall Street Journal.

Milliarder "Janubiy-Hitoy dengizidagi amerikalik harbiylar sonini ko'paytirishini ta`kidlaydi". Bundan tashqari, u Amerika intellektual mulkini himoya qilishi va Pekinning subsidiyalar hisobiga eksportni kuchaytirishiga qarshi kurashishini bildirgandi.

O'z navbatida, Klinton honim "doimo Hitoyni inson huquqlari borasida tanqid qilish"i bilan birga, AQSh va HHR o'rtasida "hamkorlikning ijobiy aloqalari" shakllanganini ta`kidlaydi.

Tramp, The Wall Street Journalning yodga olishicha, "o'z chegaralaridan terrorchilarning o'tishiga qarshilik ko'rsata olmayotgan Yevropalik Yetakchilar hususida o'ta salbiy fikrlarni bildirgan edi".

U, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishini ijobiy baholab, Germaniya va boshqa mamlakatlardan NATO byudjYetiga ko'proq mablag' ajratishni talab qilmoqda.

AQSh prezidentligi uchun da`vogarlarning farqlari

Hillari Klinton "Amerikaning Yevropadagi ittifoqchilarini qo'llab-quvvatlashi" borasida ko'p gapirsa ham, Yevropa mamlakatlari Yaqin sharqdan kirib kelayotgan terrorchilarga qarshi jiddiyroq choralar ko'rishi lozim, degan fikrda. Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishini havfli deb biladi.

Terrorizmga qarshi kurash borasida, Tramp batafsil rejasini oshkor qilmagan bo'lsa-da, IShID foydalanayotgan neft' konlarining kulini ko'kka sovurishiga va`da berishga ulgurdi.

IShIDni mag'lub etish uchun, uning so'zlariga ko'ra, Yaqin sharqqa 30 ming kishilik Amerika armiyasini safarbar etish kifoya qiladi.

Klinton honim, terrorchilarga qarshi kurashda sunniy musulmonlar va kurdlarga muhim o'rin berish fikrini himoya qiladi. Amerika esa, IShID hududlariga havo zarbalari berishni kuchaytirishi lozim.

Noqonuniy muhojirlik muammosi borasida ham Tramp keskin fikrda. U, "Meksika bilan chegara bo'ylab 1,6 ming kmga yaqin devor qurishni ilgari suradi. Uning fikricha, AQSh havfsizligini ta`kidlash uchun ham shunday qilish kerak. Devorni esa, AQSh emas, aynan Meksika moliyalashtirishi lozim".

Shu bilan birga, tadbirkor erkin savdo bo'yicha Shimoliy Amerika kelishuvini qayta ko'rib chiqish niyatida. Chunki, Meksika bundan juda katta foyda ko'rmoqda.

Hillari Klinton, aksincha, muhojirlik islohotini ilgari surayapti. Buning natijasida, AQShga ko'chib kelgan noqonuniy muhojirlar Amerika fuqarosi bo'lishi mumkin. Sobiq davlat kotibasi Shimoliy Amerika erkin savdo bitimi borasida ijobiy fikrlarini bildirgan bo'lsa-da, ammo so'nggi vaqtlarda bu masalada birmuncha ehtiyotkorroq bo'lmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Tramp “islom ekstremizmi” AQShga tahdid soladi deb hisoblaydi. Bu chaqiriqqa nisbatan jiddiy choralar ko'rish talab etiladi. dastlab, u musulmonlarning mamlakatga kirishiga butunlay taqiq qo'yish g'oyasini ilgari surgan bo'lsa, endilikda, to'liq taqiq haqida gapirmay qo'ygan.

Klinton esa, musulmonlarning Amerikaga kirishini taqiqlash, AQShni Yaqin sharqdagi ittifoqchilaridan mahrum etadi va shu bilan AQSh manfaatlariga ziyon Yetkazadi, degan fikrda.

"Tramp nuqtai-nazariga ko'ra, Amerika iqtisodiyot zaif va o'z imkoniyatlarini namoyish eta olmayapti. Amerika ishchilarining ahvoli esa tobora yomonlashmoqda, -deb yozadi The Wall Street Journal. – Klinton honim fikricha, Oq uyga prezident Barak Obama kelganidan beri, mamlakat iqtisodiyotidagi vaziyat birmuncha yahshilangan, milliy avtomobilsozlik sanoati uchun bu yil muvaffaqiyatli yillardan biri bo'lgan".

Umuman, The Wall Street Journalning uqdirishicha, Klinton va Demokratik partiyaning faollari saylovchilarni, Tramp "qo'rquv va tahdidni namoyon qilishi"ga ishontirishga urinmoqda. Ammo, deb yozadi gazeta, saylovchilar fikrini Klinton borasida o'zgartirish mushkul vazifa. Chunki "Klinton chorak asrdan beri katta siyosat sahnasidan tushmaydi. Shunga ko'ra, uning haqida saylovchilarning fikri shakllanib bo'lgani, Hillari foydasi yoki zarariga hizmat qilishi mumkin".

Reuters agentligi va Ipsos tadqiqot markazi tomonidan o'tkazilgan so'nggi ijtimoiy so'rovlarga ko'ra, hozircha, Klinton raqibini 41 foizga 35 foiz nisbatda ortda qoldirmoqda.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн