Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Turkiya Qozog'istonni do'st davlat sifatida jiddiy ogohlantirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 50           Дата: 29-07-2016, 22:04          
Turkiya Qozog'istonni do'st davlat sifatida jiddiy ogohlantirdi

Turkiya hukumati Qozog'iston tomonidan mamlakat hududidagi Fathulloh Gulenga aloqador maktablar borasida aniq qaror qabul qilinishini kutmoqda. Bu haqda Turkiyaning Qozog'istondagi elchisi Nevzat Uyanik ma`lum qildi.

"Bu davlat to'ntarishiga urinishdan keyin biz qozog'istonliklar tomoni zudlik bilan bu isyon tashkilotchisi bo'lgan Fathulloh Gulen ta`siridagi tashkilotlarga nisbatan qat`iy choralar ko'rishini kutamiz", degan u.

"Biz o'z mamlakatimizdagi tahdidni ko'rdik va o'zimizga do'st mamlakatlarni bunday tahdiddan ogoh etish - burchimizdir", deya qayd etgan elchi.

Elchining fikricha, ayni vaqtda Qozog'istonda Turkiya bilan bog'liq bir qator ta`lim muassasalari mavjud. Jumladan, Turkistondagi Hoja Ahmad Yassaviy nomidagi Halqaro qozoq-turk universiteti rasmiy Anqaraning qo'llab-quvvatlovi bilan faoliyat ko'rsatmoqda. U Qozog'istondagi shu universitetdan boshqa ta`lim muassasalari, jumladan "qozoq-turk litseylari" hamda "qozoq-turk maktablari" "Turkiya davlat organlari bilan aloqador emasligi"ni ma`lum qilgan.

Bundan oldinroq, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho'g'li radiodagi chiqishi orqali Qirg'iziston hukumatining Gulen va uning tarafdorlariga bo'lgan munosabatini o'zgartirishi kerakligini, aks holda "Turkiya va Qirg'iziston munosabatlari o'zgarishi mumkinligi" haqida aytgandi.

Shundan keyin Qirg'iziston tomoni Turkiyani tahdid qilishda aybladi. Turkiya esa Qirg'izistonning halqaro tashkilotlarga, jumladan BMTga a`zolik badalini to'lashni to'htatdi.

Turkiya Qirg'izistonda davlat to'ntarishiga urinish yuz berishi ehtimolidan ogohlantirdi

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031