Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Klinton: Biz devor qurmaymiz, biz istagan shahs yahshi ish topishi mumkin bo'lgan mustahkam iqtisodiyot barpo etamiz

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 372           Дата: 29-07-2016, 21:43          
Klinton: Biz devor qurmaymiz, biz istagan shahs yahshi ish topishi mumkin bo'lgan mustahkam iqtisodiyot barpo etamiz

28 iyul' kuni AQSh Demokratik partiyasining Filadel'fiyada (Pensil'vaniya shtati) bo'lib o'tgan milliy s`Yezdida Hillari Klinton fuqarolarga shunday so'zlar bilan murojaat qildi. “Amerika jamiyati bo'linib ketgan, hozir u haqiqat onlarini boshdan kechirmoqda, endi parokandalikni bartaraf etishi kerak”. AQShning sobiq birinchi raqamli honimi va bosh kotibi mazkur partiya yig'ilishida noyabr' oyidagi prezidentlik saylovlarida o'z nomzodi qo'yilishiga rasman rozilik berdi. Hillari Klintonni delegatlar va forum mehmonlari oldiga uning qizi Chelsi chorladi. Hillarining turmush o'rtog'i – AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton rafiqasining chiqishini zaldan kuzatdi.

Klinton o'zining 50 daqiqali nutqini tarihga nazar tashlashdan boshlab, 1776 yilda Filadel'fiyada AQSh Mustaqillik deklaratsiyasining imzolanganini yodga soldi.

Davlat rahbari lavozimiga nomzod Klinton Qo'shma Shtatlarning asoschilari bir-birini eshitish, o'zaro kelishish, umumiy maqsadlar qo'yish kerakligini yahshi bilishganini ta`kidladi. “Ota-bobolarimiz birgalikda biz kuch ekanligimizga oid egib bo'lmas haqiqatni qabul qilishgan”, - dedi Klinton. “Birgalikda biz kuchmiz!” so'zlari uning saylov komissiyasi shioriga aylandi.

“Hozirda Amerika haqiqat onlarini boshdan kechirmoqda. Qudratli kuchlar bizni bo'laklarga bo'lib tashlashmoqchi. O'zaro ishonch va hurmat asoslari yo'qolib bormoqda”, - deya tan oldi Klinton. – Biz ko'tarilish uchun birga ishlashga tayyormizmi yoki yo'q – shuni hal qilishimiz kerak.”.


Raqibi haqida

Klintonning fikricha, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donal'd Tramp bu savolga javob berib bo'ldi.

“Tramp bizni halqaro hamjamiyatning qolgan qismidan va bir-birimizdan uzoqlashtirishni, shu bilan birga bizning kelajakdan va bir-birimizdan qo'rqishimizni hohlaydi”, - deb hisoblaydi AQShning sobiq bosh kotibi.

Klinton: Biz devor qurmaymiz, biz istagan shahs yahshi ish topishi mumkin bo'lgan mustahkam iqtisodiyot barpo etamiz

Shunga qaramay, u amerikaliklar mamlakatning hozirgi bosqichda duch kelayotgan muammolarini aniq tasavvur qilishlariga ishonchi komil. “Biz qo'rqmaymiz. Biz har doimgidek chaqiriqqa munosib javob beramiz”, - deya va`da berdi Klinton. Uning so'zlariga ko'ra, “biz devor qurmaymiz, biz istagan shahs yahshi ish topishi mumkin bo'lgan mustahkam iqtisodiyot barpo etamiz”.

Klintonning so'zlariga ko'ra, Trampning na hulq-atqori va na ish tajribasi AQSh prezidenti lavozimini egallashiga to'g'ri keladi. “Shunchaki o'zingizdan so'rab ko'ring, siz haqiqatda Donal'd Trampni davlat boshqaruvchisi sifatida ko'rasizmi...u arzimagan sabab tufayli o'z ustidan nazoratni yo'qotadi... Twitter’dagi izoh tufayligina g'azabini oshkor qiladigan kishiga yadroviy qurollarni ishonib topshirib bo'lmaydi”, - dedi Klinton.


O'zi haqida

Klinton AQSh ma`muriyati rahbari lavozimiga da`vogarlik qilayotgan kishilarning “umummilliy (siyosiy) sahnada yangi shahs” ekanliklariga ishora qildi. “Men bundaylar qatoriga kirmayman. Men sizlarning birinchi raqamli honimingiz bo'lganman, 8 yil davomida N'yu-York shtatidan (Kongressda) senator sifatida hizmat qilganman, undan keyin esa bosh kotib lavozimida faoliyat yuritganman”, - deya ta`kidladi Klinton.

Klinton: Biz devor qurmaymiz, biz istagan shahs yahshi ish topishi mumkin bo'lgan mustahkam iqtisodiyot barpo etamiz

Shuningdek u ijtimoiy-siyosiy faoliyati davomida insonlar manfaati yo'lida hizmat qilish diqqat markazida bo'lishdan osonroq ekanligini aytdi.


Tashqi siyosiy platforma

O'zining tashqi siyosiy platformasiga chizgilar berar ekan, Klinton Rossiya tomonidan tahdid yuzaga kelayotgani va unga qarshi turish uchun NATO kuchlarini mustahkamlash kerakligini ta`kidladi.

Shundan so'ng Klinton halqaro terrorizm bilan kurashishni faollashtirish rejalariga ishora qildi. “Biz terrorizm bilan kurashish va uni yo'q qilish uchun butun Amerika halqi va ittifoqdoshlarimiz (horijdagi) bilan birga ishlaymiz”, - dedi u.


Eron atomi

U Eron yadroviy dasturi bo'yicha halqaro kelishuvni qo'llab-quvvatlaydi va buni Barak Obama ma`muriyatining yutug'i, deb hisoblaydi.

“Shu bilan birga biz Isroilning havfsizligini ta`minlashimiz kerak”, - deya qo'shimcha qildi demokratlar nomzodi. Gap shundaki, Isroil hukumati boshidanoq Eron bilan yadroviy kelishuvga qarshi chiqqan. Eron bilan hamkorlikdagi tadbirlar rejasi o'tgan yili BMT Havfsizlik Kengashining doimiy beshligi va Germaniya tomonidan tuzilgan.

Iqtisodiyot birinchi o'rinda

Klintonning fikricha, Amerika iqtisodiyoti hali ko'ngildagidek ishlamayapti, lekin 8 yil avvalgiga qaraganda ancha yahshi holatda. Uning so'zlariga ko'ra, prezident Obama va vitse-prezident Bayden Amerikani og'ir iqtisodiy inqirozdan olib chiqishgan.

Klinton: Biz devor qurmaymiz, biz istagan shahs yahshi ish topishi mumkin bo'lgan mustahkam iqtisodiyot barpo etamiz

Klinton mehnat bozoridagi vaziyatni yahshilash kerakligini inkor qilmadi. Demokratlar nomzodi bu masalaga ustuvor vazifa sifatida qarashni rejalashtirayotganini ma`lum qildi.

Birinchi ayol prezident

26 iyul' kuni AQSh prezidentligiga rasman nomzodi qo'yilgan Klintonning s`Yezddagi chiqishi katta muvaffaqiyat qozondi. U 8 noyabrdagi saylovlarda g'olib bo'lgan taqdirda, Hillari Klinton AQSh prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol sifatida tarihga kiradi.

Forum tribunasidan uni prezident Barak Obama va uning turmush o'rtog'i Mishel', vitse-prezident Jozef Bayden va uning hotini Jil, Klintonning eri Bill va qizi Chelsi, shuningdek o'nlab siyosatchilar va jamoat arboblari, Hollivud va shou-biznes yulduzlari qo'llab-quvvatlashdi.

Klinton: Biz devor qurmaymiz, biz istagan shahs yahshi ish topishi mumkin bo'lgan mustahkam iqtisodiyot barpo etamiz

Demokratik s`Yezd tugatilishi bilan SNN telekompaniyasida teletomoshabinlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalari shundan dalolat beradiki, Klintonning chiqishini tomosha qilgan 71 foiz saylovchilar uning nutqini “juda ijobiy”, 15 foizi esa – shunchaki “ijobiy” deya baholashgan. Faqatgina 12 foiz yoshi katta fuqarolargina unga “salbiy” munosabat bildirishgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн