Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Klinton honimning "og'ir artilleriyasi"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 84           Дата: 29-07-2016, 21:41          
Klinton honimning "og'ir artilleriyasi"

AQShning Pensil'vaniya shtati Filadel'fiya shahrida mamlakatning yirik siyosiy voqeliklaridan biri - Demokratik partiyaning 4 kunlik umummilliy s`Yezdi poyoniga Yetdi. Garchi, uning yakuniy qarori avvalboshdanoq ma`lum bo'lganiga qaramay, anjumanni tarihiy deyishga asos bor. Keling, bu haqda quyida fikr yuritamiz.

S`Yezd o'zgacha, ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Demokratlar o'zlarining asosiy siyosiy raqiblarini ortda qoldirib, jiddiy partiyaning haqiqiy s`Yezdi qanaqa bo'lishini ko'rsatib qo'ymoqchi bo'lishdi va kuzatuvchilarning fikricha, ular buning uddasidan chiqishgan. Demokratlar, respublikachilarning bir hafta avval bo'lib o'tgan bosh forumini tsirk va masharabozlik deb atashdi. Bunga, Melani Trampning o'z nutqida haddan ortiq ko'chirmachilikka yo'l qo'ygani, ozmi-ko'pmi sabab bo'ldi.

Biroq, 22 iyul' kuni mahfiy sirlarni oshkor qiluvchi WikiLeaks portali Demokratik partiyasi Markazqo'mining ichki foydalanishdagi serverlaridan o'g'irlangan 19 mingdan ortiq elektron maktublarni e`lon qildi. Undan, partiya rahbariyati saylovoldi praymerizida Klintonni qo'llab-quvvatlagani ma`lum bo'lgandi.

Klinton honimning "og'ir artilleriyasi"

Bu mojarodan so'ng, 24 iyul' kuni DPM raisi va kongressmen Debbi Vasserman-Shul'ts s`Yezd yakunlangach, iste`foga chiqishini bildirdi. Biroq, kelgusi kundayoq, uni o'z shtatidan kelgan delegatlar hushtakbozlik bilan qarshilashgach, partiya s`Yezdini ochish rejasidan voz kechishga majbur bo'ldi.

Partiya milliy qo'mitasi, senator Berni Sandersga «elektron pochta orqali bildirilgan kechirib bo'lmas eslatmalar uchun» o'z uzrini bildirdi.

S`Yezd arafasida bo'lgan bu mojaro sabab, Berni Sanders tarafdorlari norozilik bildirishganiga qaramay, Hillarining nomzodini AQSh prezidentligi uchun ilgari surish borasidagi ovoz berish jarayoni silliqqina o'tdi. Va bunda, aynan Vermont senatori so'nggi so'zni aytdi. Nomzodni tasdiqlash uchun 2383 ovoz kifoya qilgani holda, Klinton s`Yezd delegatlarining 2821 ovozini to'plagan vaqtda, Sanders so'zga chiqib, Hillari nomzodini oddiy yo'l bilan tasdiqlashni taklif etdi. To'planganlar bu taklifga olqishlar bilan javob qaytarishdi.

Hillari saylovoldi kampaniyasining o'ziga hos yashirin qurollaridan biri shu bo'ldiki, uning shtabi Hillari nomzodini ilgari surish Qo'shma Shtatlar uchun tarihiy ahamiyatga ega voqealigini imkon bo'ldi deguncha, saylovchilar yodiga solaverdi. Birinchidan, Klinton honim praymerizda g'alaba qozongan ilk ayol nomzod bo'ldi. Ikkinchidan u, Amerika Yetakchiligi uchun yirik partiyadan ilgari surilgan birinchi ayol nomzod bo'ldi. Shu bilan u, AQShning birinchi ayol prezidenti bo'lish imkoniga ega bo'lib turibdi.

Hillarini qo'llab-quvvatlash maqsadida minbarga chiqqan aktrisa va huquq himoyachisi Meril Strip o'z hissiyotlarini yashirib o'tirmadi va ma`ruzasining dastlabki 10 soniyasini ovozi boricha baqirish bilan o'tkazdi.

Klinton honimning "og'ir artilleriyasi"

Amerikaning hozirgi birinchi honimi Mishel' Obamaning chiqishi s`Yezd birinchi kunining eng shov-shuvli hodisasi sifatida e`tirof etildi. Ahir, u, Donal'd Trampning ismini bir marta bo'lsin tilga olmay, milliarderni tanqidlarga ko'mib tashlashni ajoyib tarzda uddalay oldi.

Klinton honimning "og'ir artilleriyasi"

Ta`kidlash joizki, Hillari Klinton nomzodini ko'plab yulduzlar qo'llab-quvvatlashdi, Keti Perri demokratlar kayfiyatini ko'tarish uchun shahsan tashrif buyurdi.

Tomoshabinlar orasida, Bredli Kuper hamrohligidagi Irina Sheykni ham ko'rish mumkin edi.

Klinton honimning "og'ir artilleriyasi"

Arizona shtatidan kelgan 102 yoshli eng keksa delegat alohida olqishlarga sazovor bo'ldi.

Va albatta, Klintonlar sulolasining yana bir vakilasi Chelsi onasini tabriklashdan chetda tura olmadi.

Klinton honimning "og'ir artilleriyasi"

Ammo, s`Yezdning dastlabki kunlarida chiqish qilgan ayollar jamoasi Hillari Klinton “armiya”sining yagona vakillari emas edi. AQSh sobiq va amaldagi prezidentlarining chiqishlari haqiqiy “og'ir artilleriya zarbalari” bo'ldi. S`Yezd davomida uni 3 prezident: 39- Jimmi Karter, 42- Bill Klinton va amaldagi 44- prezident Barak Obama qo'llab-quvvatlab turishdi.

Hususan, Barak Obamaning fikricha, Hillari AQSh prezidentligiga eng munosib va yahshi tayyorlangan nomzoddir. Prezidentning qayd etishicha, “ustasi farang” Hillari eng qiyin damlarda ham o'zini yo'qotmaydi va barchaga hurmat bilan murojat qila oladi.

Klinton honimning "og'ir artilleriyasi"

Vitse-prezident Jo Baydenning chiqishi o'z navbatida his-hayajonlarga boy bo'ldi, deyish mubolag'a bo'lmaydi. U, bir necha bor Tramp prezidentligiga yo'l qo'ymaslikni so'raganda, s`Yezd qatnashchilari Baydenning hayqiriqlariga jo'r bo'lishdi.

Klinton honimning "og'ir artilleriyasi"

N'yu-York shahrining sobiq meri, mediamagnat Maykl Blumberg ham Klinton nomzodini qo'llashini bildirar ekan, Tramp borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Klinton honimning "og'ir artilleriyasi"

“Trampning aytishicha, u biznesini boshqargani kabi mamlakatni ham boshqarmoqchi. Hudo yordamchimiz bo'lsin! Men N'yu-York fuqarosiman va men firibgarni yahshi ajrata olaman”, -degan Maykl Blumberg.

Klinton honimning "og'ir artilleriyasi"

Rejissyor JYeyms Kemeron esa, Demokratik partiya anjumanida qisqametrajli hujjatli fil'm “Not Reality TV”ni namoyish etib, Trampni «o'ta o'ysiz» va «o'ta havfli» deb atadi.

Klinton honimning "og'ir artilleriyasi"

28 iyul' kuni kechqurun, an`anaga ko'ra, s`Yezdning so'nggi onlarida Hillari Klinton partiyaning taklifini qabul qildi va prezidentlik uchun nomzodi ilgari surilganiga rozilik bildirdi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031