Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Turkiya Qirg'izistonda davlat to'ntarishiga urinish yuz berishi ehtimolidan ogohlantirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 83           Дата: 28-07-2016, 22:09          
Turkiya Qirg'izistonda davlat to'ntarishiga urinish yuz berishi ehtimolidan ogohlantirdi

Turkiyadagi isyon tashkilotchiligida ayblanayotgan Fathulloh Gulen tarafdorlari tomonidan Qirg'izistonda ham davlat to'ntarishiga urinish amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho'g'lining CNN Turk efiri orqali aytgan so'zlariga asoslanib, RIA Novosti agentligi habar tarqatdi.

"Agar Qirg'izistonda davlat to'ntarishi yuz bersa, buni Gulenning tarafdorlari amalga oshirgan bo'ladi. Ular Qirg'iziston uchun eng katta havf", degan u telekanalga bergan interv'yusida.

Bundan oldinroq, Turkiyaning Bishkekdagi elchisi Metin Qilich Chovusho'g'lining "Gulen tarafdorlari haqidagi ogohlantiruvi" Qirg'iziston tomonidan noto'g'ri tushunilgani" haqida ma`lum qilgandi.

"Aynan Turkiya Qirg'iziston mustaqilligini birinchi bo'lib tan olgandi. Aynan Turkiya Qirg'izistonning BMT va boshqa halqaro tashkilotlar uchun a`zolik badallarini to'lab keladi", deya qayd etgandi diplomat.

knews.kg sayti habariga ko'ra, 25 iyul' kuni Chovusho'g'li o'zining qirg'izistonlik hamkasbi bilan aloqaga chiqib, mamlakatdagi Gulen tarafdorlariga munosabatni o'zgartirish, unga aloqador maktablarni yopishni talab qilgan. U aks holda «Turkiyaning Bishkekka munosabati o'zgarishi mumkinligi»dan ogohlantirgan.

Turkiyada 15 iyul' kuni kechqurun harbiylar hokimiyatni egallab olmoqchi bo'ldi va Anqara ko'chalariga harbiy tehnikalar olib kirildi. Ammo armiyaning va halqning asosiy qismi Erdo'g'an hukumati tarafdorlari bo'lib chiqishdi va isyon bostirildi.

Rasmiy Anqara bu isyonda Gulenni tashkilotchi sifatida atadi va AQShdan uni topshirishni talab qildi.

Keyingi kunlar davomida Turkiyada Gulenga aloqador 2 mingga yaqin hususiy maktab yopildi, unga aloqadorligi gumon qilingan 15 mingdan ortiq kishi qo'lga olindi va 80 mingga yaqin kishi ishdan bo'shatildi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн