Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ozarboyjonning o'zgaradigan konstitutsiyasi mamlakat yoshlarini siyosiy faolligini oshiradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 101           Дата: 27-07-2016, 21:27          
Ozarboyjonning o'zgaradigan konstitutsiyasi mamlakat yoshlarini siyosiy faolligini oshiradi

Ozarbayjon Konstitutsiyasiga kiritilishi kutilayotgan o'zgartishlarga bag'ishlangan referendum 2016 yilning sentyabrida bo'lib o'tadi. Bu boradagi farmoyishga prezident Ilhom Aliev imzo chekdi. Unda umumxalq ovoz berishi (referendum) 2016 yilning 26 sentyabriga belgilanishi ta'kidlanadi. Farmoyishda “Markaziy saylov komissiyasi belgilangan muddatda referendum o'tishini ta'minlashi belgilab qo'yilgan. Vazirlar Mahkamasi esa umumxalq ovoz berishini moliyaviy ta'minlashi uchun zarur choralarni ko'rishi belgilab qo'yildi.

Ma'lumki, 25 iyul kuni Ozarbayjon Konstitutsiyaviy sudi mamlakat Asosiy Qonuniga o'zgartish kiritishga bag'ishlangan referendum o'tkazilishini qonunga mos kelishi borasida qaror qabul qilgan edi. Aslida bu boradagi tashabbus prezident Ilhom Aliev tomonidan ilgari surilgan va “Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartish kiritish to'g'risida”gi referendum to'g'risidagi Akt 18 iyul kuni Konstitutsiyaviy sudga topshirilgan edi.

Prezident ilgari surayotgan taklifga ko'ra, Ozarbayjon konstitutsiyasining 29 moddasiga o'zgartish kiritiladi. Jumladan, prezidentning vakolatlari besh yildan etti yilgacha uzaytiriladi. Bundan tashqari, konstitutsiyadagi “Respublika prezidenti etib 35 yoshdan yuqori bo'lgan fuqorolargina saylanishi mumkin”, degan modda olib tashlanadi. Ya'ni, Ozarbayjon fuqorolari yoshidan qati nazar respublika prezidentligiga nomzodini ko'rsatishi mumkin.
Ayni damda prezidentlikka Ozarbayjon xududlarida 10 yildan ortiq muddatda doimiy yashab kelayotgan, saylash xuquqiga ega, sudlanmagan, boshqa davlatlar oldida majburiyati bo'lmagan, oliy ma'lumotli, qo'sh fuqoroligi bo'lmaganlargina o'z nomzodlarini ko'rsatishlari mumkin.

Agar referendumda saylovchilar taklif qilinayotgan loyihani ma'qullaydigan bo'lsalar, u holda fuqorolar hozirgidek 25 yoshdan emas, balki 18 yoshdan parlament deputatlari etib saylanishlari mumkin. Tahlilchilarning fikricha, ayni shu qadam yoshlarni siyosatga, davlat boshqaruviga qiziqishini kuchaytiradi. Prezidentlik va parlament deputatligiga nomzodlar yoshining pasayitirilishi saylovlarda ishtirok etuvchi fuqorolar sonining oshishiga qaratilgan.

Loyihaga ko'ra, birinchi vitse-prezident va vitse-prezidentlar lavozimi joriy qilinadi. Vitse-prezidentlar bajaradigan vazifalar referendum yaqinlashgan sari oydinlashtiriladi. Birinchi vitse-prezident va vitse-prezidentlar mamlakat prezidenti tomonidan tayinlanadi va mansablaridan bo'shatiladi. Hozirgi asosiy qonunga ko'ra, agar prezident o'z vakolatlarini muddatdan avval topshiradigan bo'lsa, u holda bosh vazir vaqtinchalik prezident vazifasini bajarib turar edi. Yangi loyihaga ko'ra, endilikda birinchi vitse-prezident yangi davlat rahbari saylangunga qadar prezident vazifasini bajarib turadi. Agar prezident o'z vakolatlarini muddatdan avval tugatadigan bo'lsa, u holda uch oy ichida saylov o'tkazilishi kerak bo'lardi. Endilikda 60 kun mobaynida muddatdan ilgari prezident saylovi o'tkazilishi kerak.

Shuningdek, prezident Milliy Mejlis (parlament)ni tarqatib yuborish va muddatdan ilgari saylovlar o'tkazish borasida qaror qabul qilish huquqiga ega bo'ladi. Prezident muddatdan ilgari prezident saylovlari o'tkazilishi borasida ham qaror qabul qilishi mumkin.

O'tkazilishi kutilayotgan referendum mamlakatdagi iqtisodiy islohotlarga turtki berishi aytiladi. Yil boshidan beri Ozarbayjonda keng qamrovli iqtisodiy islohatlar amalga oshirilmoqda. Bu, o'z navbatida, boshqaruv amaliyotida bir qator o'zgarishlarni talab qiladi. Boshqaruvni takomillashtirish uchun esa vakolatlarni o'zaro to'g'ri taqsimlash zaruriyati paydo bo'ladi. Shu sababli ham vitse-prezidentlar lavozimlari joriy qilinmoqda. Bu o'zgarishlar prezident institutining mustahkamlanishini anglatadi.

Umumiy hisobda Ozarbayjonda shu kunga qadar to'rt marta (1993 yil avgusti, 1995 yil noyabri, 2002 yil avgusti va 2009 yil martida) referendum o'tkazilgan.

Sentyabr oyida Ozarbayjonda dam olish kunlari bir kunga ko'payadigan bo'ldi. 26 sentyabr dushanba kunga to'g'ri kelgani bois shu kuni dam olish kuni, deb e'lon qilindi. Chunki Saylov Kodeksining 8-moddasiga ko'ra, Ozarbayjonda saylov (referendum) kunlari dam olish, deya e'lon qilingan.

Sharofiddin To'laganov

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн