Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Nitstsada terrorchini to'xtatish uchun o'zini fido qilgan kishiga yangi mototsikl olib berish maqsadida pul yig'ildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 104           Дата: 27-07-2016, 12:07          
Nitstsada terrorchini to'xtatish uchun o'zini fido qilgan kishiga yangi mototsikl olib berish maqsadida pul yig'ildi

14 iyul kuni Frantsiyaning Nitstsa shahridagi terakt sodir bo'lgan vaqtda qahramonlik ko'rsatib, yuk mashinasini to'xtatib qolishga uringan Frank ismli kishiga yangi mototsikl uchun mablag' yig'ildi. Bu haqda France Info radiosi orqali xabar berilgan.

«Qahramon uchun mototsikl» aktsiyasi Mansh departamenti fuqarolari tomonidan internet orqali boshlangan. Ular bu aktsiya maqsadini shunday tushuntirishgan: Birinchidan, qahramonni rag'batlantirish kerak. Ikkinchidan, sug'urta kompaniyasi o'sha vaqtda g'ildiraklar ostiga kirib ketgan mototsikl uchun to'lov bermaydi, chunki, mototsiklchi o'z transportini ongli ravishda g'ildiraklar ostiga tashlagan.

Avvaliga kerakli 9 ming evro to'plash maqsad qilingandi, lekin hozirda 21 ming evrodan ortiq mablag' to'plangan va bu miqdor o'sishda davom etmoqda. Xayriya mablag'ining keragidan ortiq qismi o'nlab jarohatlanganlar yotgan kasalxonalarga topshiriladi.

Frank Nitstsa aeroporti bojxona xizmatida ishlaydi. U 14 iyul kuni kechqurun rafiqasi bilan birga bayram salyutini tomosha qilayotgan edi. Shu vaqtda u qirg'oqqa og'ir yuk mashinasi bostirib kelayotgani va undagi terrorchi odamlarni ataylab bosib keta boshlaganini ko'radi hamda mototsikliga sakrab chiqib, yuk mashinasiga etib oladi. U mashina yonida harakatlanadi, u terrorchini to'xtatishga urinib, unga zarba beradi. Terrorchi unga o'q uzmoqchi bo'lganida mototsiklini mashina g'ildiraklari ostiga tashlaydi, biroq bu befoyda bo'ladi.

Avvaliga uning halok bo'lgani aytilgandi, ammo keyingi kuni uning omon qolgani ma'lum bo'ldi.

Frank ko'rsatgan qahramonligi uchun Nitstsa shahri hokimiyati tomonidan medal bilan taqdirlandi. Endi unga bosh milliy mukofot - Faxriy legion ordenini talab etishmoqda.

Nitstsada mototsiklchi odamlar ustiga yurgan yuk mashinasini to'xtatishga uringani tasvirlangan video paydo bo'ldi

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн