Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston va Qozog'iston hukumatlari rahbarlari o'rtasida telefon muloqoti o'tkazildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 138           Дата: 25-07-2016, 21:20          
O'zbekiston va Qozog'iston hukumatlari rahbarlari o'rtasida telefon muloqoti o'tkazildi

24 iyul kuni O'zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev qozog'istonlik hamkasbi Karim Masimov bilan telefon orqali suhbatlashgan. Bu haqda Masimov o'z tvitterida ma'lum qilgan.

"O'zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev bilan telefon muloqoti tashkil etildi", deya yozgan vazir.

U tvitterida muloqotning tafsilotlarini keltirmagan.

Qayd etish kerakki, O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yilning 23 noyabrida o'rnatilgan.

Ikki davlat munosabatlari Abadiy do'stlik haqidagi kelishuv va Strategik hamkorlik to'g'risidagi shartnoma asosida rivojlanib kelmoqda.

Qozog'istonning Toshkentdagi elchisi Erik Utembaev 8 iyun kuni o'tkazilgan brifingda ikki mamlakat o'rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 5 mlrd dollarga etkazilishini ma'lum qilgandi.

2015 yil yakunlariga ko'ra ikki davlat o'rtasidagi savdo hajmi 3 milliard dollarni tashkil etgan.

O'zbekistondan Qozog'istonga paxta tolasi, kimyoviy mahsulotlar, plastmassa, ko'mir, poliz ekinlari hamda boshqa xo'jalik mahsulotlari eksport qilinadi.

O'zbekiston Qozog'istondan neft mahsulotlari, un mahsulotlari, bug'doy va don mahsulotlari, rangli metallar, neorganik kimyo mahsulotlari hamda oziq-ovqat mahsulotlari import qiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн