Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

FA Energetika va avtomatika instituti tugatilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 199           Дата: 25-07-2016, 12:10          
FA Energetika va avtomatika instituti tugatilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 iyuldagi qarori bilan O'zbekiston Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti tugatilmoqda, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz

Institut bazasida «O'zbekenergo» AJ Ilmiy-texnika markazi tashkil etilib, tugatilgan muassasaning attestatsiyadan o'tgan ilmiy va muhandis xodimlari ishga qabul qilinadi.

Qarorda ta'kidlanishicha, qayta tashkil etish elektr energetika sohasida ilmiy-texnikaviy rivojlanish darajasini tubdan oshirish va zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish, elektr energetika korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashning strategik dasturlari amalga oshirilishini ta'minlash, shuningdek, buning uchun zarur bo'lgan zamonaviy ilmiy-tadqiqot va laboratoriya bazalarini shakllantirishga yo'naltirilgan.

58 shtat birligiga ega markaz elektr energetikani rivojlantirishning dolzarb ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga yo'naltirilgan ishlanmalar va amaliy ilmiy-tadqiqotlarni olib borish, shuningdek, mazkur sohadagi istiqbolli mahalliy ishlanmalarni, ilg'or xorijiy texnologiyalar va uskunalarni aprobatsiya qilish, sinab ko'rish va amaliy tatbiq etish ishlarini olib boradi.

Markaz vazifalari qatoriga respublikada elektr energetikasini yanada barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va buning asosida elektr energetikani, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni jadal kengaytirish hisobiga o'rta va uzoq muddatli istiqbolga mo'ljallangan modernizatsiyalash va rivojlantirish dasturlarining loyihalarini tayyorlash ham kiritilgan.

Energetika va avtomatika instituti sayti ma'lumotlariga ko'ra, muassasa 1941 yilda tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyati energetik muammolarni tadqiq qilishga qaratilgan.

Davlat rahbari qarori bilan «O'zbekenergo» tashkiliy tuzilmasi va ijro apparati tuzilishini yangilash ham belgilangan. Istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo'yicha rais o'rinbosari lavozimi qo'shilishi munosabati bilan AJ raisi o'rinbosarlari soni beshtadan oltitaga oshirildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн