Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bundestag a'zosi: Germaniya O'zbekiston qiyofasida o'zining kuchli va ishonchli sherigini ko'radi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 177           Дата: 22-07-2016, 11:52          
Bundestag a'zosi: Germaniya O'zbekiston qiyofasida o'zining kuchli va ishonchli sherigini ko'radi

Germaniya Bundestagi a'zosi, GFR ichki ishlar vazirligi huzuridagi ko'chib kelganlar va milliy ozchilik masalalari bo'yicha mamlakat federal hukumatining vakili Hartmut Koshik O'zbekiston mustaqillik bayramining 25 yillik yubileyi munosabati bilan o'zbek xalqi nomiga tabrik yo'llagan.

"Germaniya Federativ Respublikasi 1991 yil 31 avgust kuni o'z mustaqilligini e'lon qilgan O'zbekiston Respublikasini birinchilardan bo'lib tan olgan va Toshkentda o'z elchixonasini ochgan mamlakatlardan biridir.

Hademay o'z mustaqilligining 25 yilligini nishonlaydigan yosh davlat — O'zbekiston Respublikasi xalqi tarixining ildizlari asrlar qa'riga borib tutashadi, uning madaniy merosi esa umumjahon ahamiyatiga molik.

Shuni mamnuniyat bilan qayd etishni istar edimki, muvaffaqiyat bilan rivojlanib borayotgan Germaniya va O'zbekiston o'rtasidagi o'zaro munosabatlar o'zbeklar zaminida istiqomat qilayotgan nemis diasporasi farovonligiga ham xizmat qilmoqda. Mustaqillik mamlakatda yashaydigan nemislargagina emas, balki boshqa millat va elatlar vakillarining erkin rivojlanishi uchun ham qulay sharoit yaratdi.

O'zbekistondagi nemis diasporasi vakillaridan kelayotgan ko'p sonli maktublar orqali shuni yaxshi bilamanki, ular O'zbekistonni o'z vatani deb bilishgani holda mamlakat farovonligi yo'lida elkama-elka turib mehnat qilishmoqda.

Nemis diasporasi mamlakatda munosib o'rinlariga ega bo'lishgani holda, o'zlarini mustaqil O'zbekistonning teng huquqli fuqarolari sifatida his etishadi.

Germaniya federal hukumati O'zbekiston qiyofasida o'zining kuchli va ishonchli sherigini ko'radi", deyiladi "Jahon" AA xabarida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий


Новости партнеров

Календарь новостей

«    Январь 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031