Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda ajrashishlar soni ko'payib, nikohlar soni kamayib ketmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 210           Дата: 22-07-2016, 02:08          
O'zbekistonda ajrashishlar soni ko'payib, nikohlar soni kamayib ketmoqda

"Ayovsiz" statistik ma'lumotlar oxirgi yillarda O'zbekistonda nikohlar soni kamayib, ajrashishlar soni ko'payganidan darak bermoqda.

O'zbekiston Davlat statistika qo'mitasining oxirgi ma'lumotlariga ko'ra, 2016 yilning yanvar-iyun oylarida FHDYo idoralari tomonidan 92,4 mingta nikoh va 14,8 mingta ajrashish qayd etilgan. O'zbekiston bo'yicha nikoh tuzish koeffitsienti 5,9 promilleni (ya'ni har 1000 kishiga 5,9 ta nikoh to'g'ri kelgan), ajrashishlar esa 0,9 promilleni tashkil qilgan.

Agar o'tgan yillar bilan bilan taqqoslansa, nikohlar soni birmuncha kamaygan. 2014 yil yanvar-iyunida 107,8 mingta yangi oila tuzilgan, 14,4 mingtasi esa tarqab ketgan.

2015 yilda hammasi bo'lib 287 mingta nikoh qayd etilgan. 2014 yilda esa 295,6 mingta yangi oila paydo bo'lgan, 28,7 mingtasi tarqab ketgan. 2013 yilda 303 mingta yangi oila paydo bo'lgan, 24 mingtasi tarqab ketgan.

O'zbekiston Ayollar qo'mitasi raisi Elmira Bositxonova intervyularidan birida O'zbekistonda ajrashishlar soni yoshlar hali turmush qurishga tayyor emasliklari, o'z sog'liqlariga bepisand qarashlari, yosh yigitlar oilasini boshqarish va tebrata olishga qodirmasliklari, o'z farzandlarining tarbiyasi uchun javobgarlikni his qilmasliklari, qizlar esa oila, onalik nima ekanligini bilmasliklari sababli ko'payotganini ta'kidlab o'tgandi.

Bositxonovaning fikricha, ko'proq 20-25 yoshdagi yoshlar nikohlarini bekor qilmoqdalar. Bunday yoshdagilarning turmushi uzog'i bilan yarim yilga boradi. Ajrashishlar muammosi tahlilining ko'rsatishicha, 18 foiz holatda ajrashish er-xotinning bir-birini tushunmasligi, 22 foiz holatda esa ko'ngilning yo'qligi, fel-atvorlarning bir-biriga mos tushmasligi sababli yuz bermoqda. Ajrashishlarning boshqa sabablari orasida shuningdek, farzandlarning yo'qligi, er-xotindan birining kasalligi (misol uchun, ichkilikbozlikka ruju qo'ygani) kabilar bor.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн