Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sirdaryo viloyatidagi korxonalarda mustaqillikning 25 yilligi munosabati bilan 25tadan yangi ish o'rni yaratilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 674           Дата: 21-07-2016, 21:53          
Sirdaryo viloyatidagi korxonalarda mustaqillikning 25 yilligi munosabati bilan 25tadan yangi ish o'rni yaratilmoqda

O'zbekistonda aholining barcha qatlamini ijtimoiy muhofaza qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu vazifa davlat organlarining jamoat va nodavlat, notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikida amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yangi ish o'rinlarini yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash vazifasi dolzarb bo'lib, ushbu ishni amalga oshirishda jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlarining o'rni beqiyosdir.

“O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi bayramiga har bir soha vakillari, shu jumladan, kasaba uyushmalari ham o'zgacha tuhfa bilan kirib kelmoqda. O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VII qurultoyida har bir tuman, shaharda kasaba uyushmalari ko'magida xizmat ko'rsatish va servis shoxobchalari, kichik korxonalar tashkil etish, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati orqali kollej bitiruvchilari bandligini ta'minlash maqsadida 25tadan yangi ish o'rni yaratish tashabbusi ilgari surilgan edi, – deydi Sirdaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi K.Akbutaev. – Bu borada birlashma Kengashi tomonidan muborak sana munosabati bilan servis va xizmat ko'rsatish sohasida yaratiladigan 275ta yangi ish o'rni mahallalar, yo'nalishlar kesimidagi manzilli dasturi, reja-jadvali ishlab chiqilib, ularning ijrosi yuzasidan tarmoq kasaba uyushmalaridan mas'ul shaxslar belgilab olingan edi. Bugungi kunda viloyatdagi tarmoq kasaba uyushmalarining tashabbuslari bilan YaTTlarni ochish yo'li orqali 71ta, turli yuridik maqomdagi 27ta korxona tashkil etish va mavjudlarida yangi ish o'rinlari tashkil etish orqali 77ta, jami 148ta yangi ish o'rni yaratildi. Alohida e'tiborlisi, ish o'rinlari tashabbuskorlar va homiylik mablag'lari asosida yaratildi”.

Aytish joizki, viloyatda har yili 3 ming nafardan oshiq yigit-qizlar o'rta-maxsus kasb-hunar kollejlarini bitiradi, ushbu yosh yigit-qizlarning ko'pchiligi ishga joylashib, o'z biznesini ochib, kasaba uyushma a'zoligiga qabul qilinadi.

“Iste'mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo xizmati xodimlari kasaba uyushmalari tomonidan taqdim etilgan 500 ming so'm kredit evaziga uyimdan mo''jazgina sartaroshxona ochdim. Ushbu pulga birlamchi kerakli jihozlar sotib oldim va faoliyatimni boshlab yubordim. Mahallada erkaklar sartaroshxonasi ochilgani mahalladoshlarim uchun qulaylik tug'dirgan bo'lsa, mening biznes sohasida oyoqqa turib olishimga imkoniyat yaratdi. Kelgusida faoliyatimni yanada kengaytirib, mahalladosh yigitlardan shogirdlar olishni, xizmat turlarini ko'paytirishni reja qilganman”, deydi Boyovut tumanidagi Boboyurt MFYda istiqomat qiluvchi Sh.Karimov.

Eng ulug' va eng aziz bayram arafasida kasaba uyushmalari tashkilotlari o'z maqsad va vazifalari asosida faoliyat olib borish bilan birga, vatan mustaqilligining 25 yilligini har bir korxona va tashkilotda munosib kutib olish hamda nishonlashga qizg'in hozirlik ko'rmoqda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031