Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston OTMlariga hujjat topshirgan abiturientlar soni 663 mingdan oshib, rekord natija qayd etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 573           Дата: 21-07-2016, 21:53          
O'zbekiston OTMlariga hujjat topshirgan abiturientlar soni 663 mingdan oshib, rekord natija qayd etildi

20 iyul kuni O'zbekistonda yangi o'quv yili uchun abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish yakunlandi.

O'zbekiston oliy ta'lim muassasalariga 2016 yilda 663 298 nafar abiturient hujjat topshirdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 21 iyul kungi ma'lumotlariga ko'ra, bu ko'rsatkich 2015 yilgi ko'rsatkichdan salkam 57,5 mingtaga ko'proq hisoblanadi. Bu orqali O'zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon eng yuqori natija qayd etildi. 1 avgust kungi imtihonlar vaqtida 1 mandat uchun o'rtacha 11,51talik raqobat kuzatiladi.

Termiz davlat universiteti eng ko'p — 37 676 nafar abiturientning hujjatlarini qabul qilgan (1 mandan uchun 20,45talik raqobat).

Keyingi o'rinlarni Qarshi davlat universiteti (26 332 nafar abiturient, raqobat - 1 mandat uchun 18,88) va Andijon davlat universiteti (25 991 nafar abiturient, raqobat - 1 mandat uchun 18,28) egallagan.

UZ24 sayti ma'lumotiga ko'ra, Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalari orasida esa Toshkent davlat pedagogika universiteti eng ko'p ariza qabul qilgan — 14 636 nafar abiturient aynan shu oliy ta'lim muassasiga o'qishga kirish uchun hujjat topshirgan.

Yangi tashkil etilgan O'zbek tili va adabiyoti universitetiga 5 031 abiturient hujjat topshirgan — universitet o'zining birinchi o'quv yiliga 300 talabani qabul qiladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston prezidenti Islom Karimov tomonidan tasdiqlangan umumiy qabul kvotasiga asosan O'zbekiston OTMlari 2016/2017-o'quv yilida bakalavriat uchun 57 907 nafar talabani o'qishga qabul qiladi.

Ma'lumot uchun, 2015 yili O'zbekiston oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish uchun 605 836 nafar abiturient hujjat topshirgan edi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн