Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda yovvoyi hayvonlar genafondi kompleks ravishda muhofaza qilinadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 509           Дата: 21-07-2016, 21:43          
O'zbekistonda yovvoyi hayvonlar genafondi kompleks ravishda muhofaza qilinadi

21 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

Parlament a'zolari o'z ishlarini yangi tahrirdagi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi o'qishda muhokama etishdan boshladilar.

Qonun loyihasi biologik xilma-xillikning ajralmas qismi sifatida yovvoyi hayvonlar genafondi kompleks ravishda muhofaza qilinishini ta'minlashni nazarda tutadi. Qonun loyihasida davlat organlarining vakolatlari aniq ko'rsatib qo'yilmoqda va ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish yuzasidan ularning vazifalari belgilab berilmoqda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirok etishiga taalluqli normalarni mustahkamlab qo'yishga alohida e'tibor qaratilgan.

Qonun loyihasini tayyorlash chog'ida davlat boshqaruvining, fuqarolik jamiyati institutlarining turli darajalarida uning amaliy muhokama qilinishini tashkil etishga katta e'tibor qaratildi. Qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida etakchi mutaxassislar, olimlar, tegishli sohalar amaliyotchilari, fuqarolik institutlari vakillaridan iborat Qonunchilik palatasi qo'mitalari huzurida tashkil etilgan ekspert guruhlari a'zolari faol ishtirok etdilar.

Qonun loyihasining muhokamasi parlament quyi palatasining Demokratik kuchlar bloki va muxolifatdagi fraktsiyalari yig'ilishlarida ham bo'lib o'tdi, yig'ilishlar yakunlariga ko'ra ushbu normativ-huquqiy hujjat yuzasidan ularning nuqtai nazari shakllantirildi. Ko'rib chiqish yakunlariga ko'ra ushbu qonun loyihasi ikkinchi o'qishda qabul qilindi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031