Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda Vashingtondan yuborilgan delegatsiya bilan Afg'oniston masalasi muhokama qilinadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 94           Дата: 21-07-2016, 11:53          
Toshkentda Vashingtondan yuborilgan delegatsiya bilan Afg'oniston masalasi muhokama qilinadi

AQShning Afg'oniston va Pokiston bo'yicha maxsus vakilining birinchi o'rinbosari Lorel Miller boshchiligidagi delegatsiya bugun Toshkentga keldi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Toshkentdagi AQSh elchixonasi tomonidan ma'lum qilingan.

Toshkent va Vashington maslahatlashuv doirasida AQSh va Afg'oniston munosabatlari, Afg'onistondagi eng so'nggi siyosiy va iqtisodiy yangiliklar, xavfsizlik va Afg'onistonni tiklash yo'lidagi xalqaro hamjamiyat urinishlari mavzularida muzokara o'tkazishi aytilgan.

Elchixona xabariga ko'ra, AQSh delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi hukumatlararo guruhning Markaziy Osiyo davlatlariga safari doirasida kechmoqda.

Amerikalik diplomatlar 18-22 iyul kunlari oralig'ida O'zbekiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlariga safar uyushtirishi rejalashtirgandi.

Markaziy Osiyodagi hukumat vakillari iltimosi bilan boshlangan bu maslahatlashuvlar so'nggi olti yil mobaynida muntazam ravishda har yili o'tkazib kelinmoqda.

Elchixona materiallarida "Qo'shma shtatlar mintaqadagi chaqiriqlar va tahdidlar echimini topish, shuningdek, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini olib borishdan manfaatdor" ekani qayd etilgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн