Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Mehnat vazirligida Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 150           Дата: 19-07-2016, 21:41          
Mehnat vazirligida Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2016 yil 16 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligida, Mehnat vaziri A. Abduhakimov Koreya Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Kvon Yon-u bilan uchrashdi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, Koreya respublikasi O'zbekiston Mehnat vazirligining Mehnat zaxiralarini rivojlantirish masalasida asosiy halqaro hamkorlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda, bir nechta loyihalar amalga oshirilgan yoki oshirilmoqda. Ular orasida, Toshkent shahridagi professional tayyorlash Markazi faoliyat yuritayotganini ta'kidlash mumkin. Unda yiliga 360dan ortiq o'zbekistonlik mamlakat iqtisodiyotida talab kuchli bo'lgan mutaxassisliklarga ega bo'lmoqda.

Shu yilning sentyabr oyida esa, ayni shunday markazning Samarqand shahrida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Shahrisabz, Qo'qon va Urganch shaharlarida ham shu kabi markazlarni barpo etish borasida ishlar olib borilmoqda. Bu o'z navbatida, O'zbekiston mehnat zaxiralarining salohiyatini oshirishga hamda 1996 yildan beri amalda bo'lgan bandlikka ko'maklashish tizimining faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Ayni dastur ijrosi doirasida 50 mingga yaqin o'zbekistonlik Koreya Respublikasiga mehnat qilishi uchun yuborilgan. Ular, Vatanlariga qaytgach, zamonaviy zavod va fabrikalarda mehnat qilishmoqda yoki O'zbekistonda yangi biznes turlarini tashkil etishgan.

O'z navbatida, yaqinda O'zbekistondagi elchilik faoliyatini boshlagan koreyalik Elchining ta'kidlashicha, O'zbekiston va Koreya respublikalari strategik hamkor davlatlardir. O'zbekiston Mehnat vazirligi va Koreya Mehnat va bandlik vazirligi o'rtasidagi qalin aloqalar, Koreyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan inson zaxiralarini rivojlantirish sohasiga qo'shayotgan hissasi, mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar naqadar ishonchli ekanini ko'rsatadi.

O'zbekiston Mehnat vaziri bandlikni ta'minlash tizimi xususida batafsil to'xtalar ekan, aholining bandligiga ko'mak beruvchi 193ta tuman markazlari faoliyat ko'rsatayotgani, tadbirkorlar uchun biznes yuritish borasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish o'rinlarini tashkil etishga yordam beradigan imtiyoz va ustunliklarni qayd etgan.

Bundan tashqari, vazirlik rahbarining ta'kidlashicha, Mehnat vazirligi O'zbekistonning turli sohalardagi mehnat zaxiralari salohiyatini rivojlantirish masalasida koreyalik hamkorlar bilan yaqin aloqada bo'lish niyatida.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн