Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Frantsiya elchisi O'zbekistondagi 3 yillik faoliyati bo'yicha yakuniy hisobot berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 114           Дата: 15-07-2016, 21:08          
Frantsiya elchisi O'zbekistondagi 3 yillik faoliyati bo'yicha yakuniy hisobot berdi

Frantsiyaning O'zbekistondagi elchisi Jak-Anri Els o'zining bu lavozimdagi 3 yillik faoliyatiga yakun yasadi. Bu haqida u 14 iyul kuni o'tkazilgan Frantsiya milliy bayramiga bag'ishlangan tadbirda ma'lum qildi. Bu haqida “Turkiston-press” axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko'ra, Frantsiya elchisi mazkur tadbirda o'zining O'zbekistondagi 3 yillik missiyasini tugallayotganini ma'lum qildi hamda shu davr ichidagi asosiy voqealarni eslab o'tdi.

“Siyosiy jihatdan biz ikki tomonlama aloqalarimizni tashqi ishlar vazirlari darajasida davom ettirdik, 2015 yilda iqlimning o'zgarishi bo'yicha 21 - konferentsiyaga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish munosabati bilan olingan tanaffusdan keyin kuz oylarida uni qayta tiklashga umid qilamiz. 2015 yilning iyulida Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili Ulug'bek Muhammadiev frantsuz hamkasbi Jak Tubon bilan uchrashish maqsadida Frantsiyada bo'lib qaytdi. Parlamentlararo hamkorlik ham juda faol kechdi. Bundan tashqari mazkur siyosiy suhbat mudofaa va xavfsizlik masalalari bo'yicha tajriba almashinuvi bilan to'ldirildi”, - dedi Jak-Anri Els.


Shuningdek u o'tgan 3 yil ichida savdo-iqtisodiy aloqalar sohasida hukumatlararo halqaro komissiya yig'ilishlari qayta tiklanganligini ma'lum qildi. Bir haftadan so'ng Toshkentga tashqi savdo, sayyohlikni rivojlantirish va frantsuzlarning mamlakat tashqarisidagi ishlari bo'icha Davlat kotibi Mattias Fekl boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Delegatsiya taxminan 40 nafar frantsiyalik ishbilarmonlardan iborat bo'ladi.


Jak-Anri Els 2015 yilning avgustida elchixona binosida Frantsiya taraqqiyot agentligining (FTA) mintaqaviy idorasi ochilganligini alohida qayd etdi. Shu bilan birga O'zbekiston poytaxtida Frantsuz alyansining ochilishi ham tahsinga sazovor, chunki bu universitetlararo va tillar hamkorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Hisobot davrida O'zbekistonda frantsuz tilining o'qitilishi bo'yicha ta'lim sohasida bir qator ishlar amalga oshirilganligi ham ta'kidlandi. Universitetlararo hamkorlik doirasida Yuridik instituti, O'zDJTU, viloyat markazlaridagi universitetlar bilan ikki tomonlama hamkorlik muvaffaqiyatli rivoj topganligiga urg'u berildi.

Bundan tashqari Frantsiya elchisi o'tkazilgan madaniy tadbirlarga ham to'xtalib o'tib, ularning jamiyatdagi o'rnini yuqori baholadi.

Elchi Frantsiya va O'zbekiston o'rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning eng muhim yo'nalishlardan biri – bu arxeologiya sohasidagi hamkorlik loyihalari ekanligini ta'kidladi.

“Samarqand, Buxoro va Termizdagi to'rtta ekspeditsiyamizning namunaviy faoliyatiga to'xtalib o'tmoqchiman. Buxorodagi ekspeditsiyaga boshchilik qilgan Luvr muzeyi 2018 yoki 2019 yilda Parijda keng ko'lamli arxeologik ko'rgazma o'tkazishni rejalashtirmoqda”, - dedi Frantsiya elchisi.

Jak-Anri Els nutqiga yakun yasar ekan, ikki tomonlama aloqalarning rivojlanishiga faol hissa qo'shgan o'zbek hamkorlariga o'zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн